|
Axborot texnologiyalari universiteti samarqand filialiBog'liq ЛаТЕХ Лаборатория машғулотидан услибий қўлланма (2)7- LABORATORIYA
Sahifa bilan ishlash
Sahifa o’lchamlari
Latexda sahifa o’lchamlarini aniqlash uchun maxsus buyruqlardan
foydalaniladi.Bunda sahifaning turli qismi uchun turli buyruqlar mavjud.Odatda
sinf e’lon qilinganda sinfga mos sahifa o’lchamlari avtomatik aniqlanadi.Sahifada
foydalaniladigan asosiy buyruqlardan biri \marginpar buyrug’i bilan tanishamiz.Bu
buyruqdan asosan sahifaning o’ng qismini belgilashda foydalaniladi.Masalan:
\marginpar[chegara]{chap chegara shu yer}
Shuningdek \reversemarginpar va \normalmarginpar buyruqlaridan ham
foydalanish mumkin.Sahifaga tegishli buyruqlardan yana biri butun sahifa
bo’yicha matn shriftini berish buyrug’idir.Bunda \normalfont yoki
\textnormal(matn) buyrug’idan foydalanishingiz mumkin.
Titul varag’i va mundarija
Hujjat haqida ma’lumotlar ya’ni hujjat muallifi,yaratilgan vaqti hujjat nomi va
boshqa
ma’lumotlarni
standart
kiritish
buyrug’i
bu
\maketitle
buyrug’idir.\title{nom} buyrug’i yordamida hujjat nomi kiritiladi.\author(muallif)
buyrug’i yordamida esa hujjat mualliflarini kiritish mumkin.\date{sana} buyrug’i
yordamida esa hujjat yaratilgan vaqtini kiritish mumkin.Bu buyruqlar yozib
bo’lingandan so’ng izoh uchun \thanks{izoh} buyrug’idan foydalanish
mumkin.Izohlar haqida biz keyingi mavzularda batafsil to’xtalib o’tamiz.\author
buyrug’ida mualliflar soni ko’p bo’lgan hollarda ularni ajratish uchun \and
buyrug’idan foydalanish mumkin.Shuningdek sinflardagi standart sahifa
parametrlari sizni qoniqtirmasa \begin{titlepage} ... \end{titlepage} tanasi
yordamida sahifa parametrlarini o’rnatish mumkin.Bunda sahifani raqamlash 1 dan
boshlanadi.
|
| |