Axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali




Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/39
Sana11.01.2024
Hajmi2,07 Mb.
#135159
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
Bog'liq
ЛаТЕХ Лаборатория машғулотидан услибий қўлланма (2)

8 - LABORATORIYA 
Grafik imkoniyatlari 
Rasmlar yaratish va unda yozuv joylashtirish 
Bu bo’limda biz Texning grafik imkoniyatlari haqida ma’lumotga ega 
bo’lamiz.Rasmlar picture tanasi orqali hosil qilinadi.Quyidagi misolni ko’ramiz: 
\begin{picture}(110,50) 
\put(55,35){\vector(-2,1){40}} 
\put(55,35){Bu vektor} 
\end{picture} 
Bu yerda picture tanasidagi aylana qavs ichida vergul bilan ajratib yozilgan 
sonlar rasm chizilishi kerak bo’lgan sohani aniqlash uchun ishlatiladi.Bunda 
birinchi son rasmning vertikal uzunligini, ikkinchi son esa rasm balandligini 
aniqlaydi.Bu sonlar manfiy ham bo’lishi mumkin.Masalan (-150,36) kabi. 
\put buyrug’i esa rasm yoki yozuvni tegishli kordinatalarga joylashtirish 
uchun xizmat qiladi.Agar ko’rsatilgan kordinata band bo’lsa , tegishli rasm yoki 
yozuv undan keyingi kordinatalarda joylashtiriladi.Bu buyruqning argumentida 
joylashgan \vector buyrug’idan turli ko’rinishdagi vektorlar chizish uchun 
foydalaniladi.Yuqoridagi misolda ) \vector(-2,1){40} ko’rinishidagi aylana qavs 
ichida vergul bilan ajratib yozilgan raqamlar \put buyrug’idagi kordinataga 
nisbatan simmmetrik chizilishini aniqlaydi.Bu sonlar kattaligi -4 va 4 orasida 
bo’ladi.Figurali qavs ichida yozilgan son esa vector uzunligini aniqlaydi. 
Yozuvlarni 
picture 
tanasida 
joylashtirishda 
ortiqcha 
qiyinchilik 
ko’rinmaydi.Shuningdek yozuvlarga turli shrift va ko’rinish berish ham murakkab 
emas.Masalan: 
\begin{picture}(110,40) 
\put(52,20){{\bf Qalinroq}} 
\put(50,20){\llap{\sf Oddiy}} 
\end{picture} 
Bu yerda yozuvlar shriftini aniqlashda birinchi bo’limda ko’rib o’tgan 
buyruqlardan foydalandik.Yuqoridagi misolda Qalinroq yozuvini oldin yozgan 


73 
bo’lsakda kordinatasi keyingi yozuvdan so’ng yozilishi haqida malumot bergani 
sababli , bu yozuv Oddiy yozuvidan keyin yozildi. 
Biz chizayotgan rasmlar sahifaning chap tomonidan chiziladi.Agar biz rasmni 
sahifaning o’ng tomonidan chizmoqchi bo’lsak flushright tanasidan 
foydalanishimiz mumkin.Markazdan chizish uchun esa center tanasidan 
foydalanish mumkin. 
Rasm chizishda ham yozuv va matematik formulalar yozishda bo’lgani kabi 
ichma-ich tanalarni ishlatish mumkin.Masalan center tanasini picture tanasi ichiga 
joylashtirish va teskarisi kabi. 
Kesmalar 
Texda kesmalar \line buyrug’i orqali hosil qilinadi.Bu buyruq ham xuddi 
\vector buyrug’i kabi kordinataga nisbatan simmetriklikni va chiziq uzunligini 
aniqlash orqali hosil qilinadi.Masalan: 
\begin{picture}(100,50) 
\put(60,50){\line(1,-2){20}} 
\end{picture} 
Bu yerda 100 x 50 rasm chiziladigan soha (60,50) rasm kordinatasini 
bildiradi.\line buyrug’idagi (1,-2) esa “burchak koeftisienti”ni bildiradi.Burchak 
koeftisientini qiyalik burchagi sifatida tushunish mumkin.Agar qiyalik burchagi 
(0,1) bo’lsa gorizontal chiziq , agar (1,0) bo’lsa vertikal chiziq hosil bo’ladi. 

Download 2,07 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali

Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish