• Rasmni burish
  • Boshqa imkoniyatlar
  • Rasm qismlarini joylashtirish




    Download 2,07 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet35/39
    Sana11.01.2024
    Hajmi2,07 Mb.
    #135159
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
    Bog'liq
    ЛаТЕХ Лаборатория машғулотидан услибий қўлланма (2)

    Rasm qismlarini joylashtirish 
    Rasmni sahifaning ixtiyoriy qismida (yozuvlar usti yoki ostidan ham) 
    joylashtirish mumkin.Bunda bizga viewport parametri yordam beradi.Uning 
    ko’rinishi quyidagicha: 
    viewport=llx lly urx ury 
    Bu yerda x va y lar rasmning chap pastki va o’ng yuqori burchak 
    kordinatalari.Bu buyruq qo’llanilgandan so’ng agar kordinatalar oldingi yozuvlar 
    kordinatalari bilan ustma-ust tushib qolsa ular orqa fonda qolib ketadi va bizga 
    faqat rasm ko’rinadi. 
    Ajoyib parametrlardan yana biri bu trim parametridir.Bu parametr rasmning 
    tegishli qismini ko’rsatish uchun xizmat qiladi.Bu parametr umumiy ko’rinishi 
    quyidagicha: 


    79 
    trim=dl db dr du 
    Bunda ham xuddi viewport buyrug’i kabi ko’rinishda uzunliklar
    aniqlanadi.Bu parametrga yordamchi kalit so’z bu clip so’zidir.Uning ko’rinishi 
    quyidagicha: 
    clip=mantiqiy 
    Bu kalitdagi mantiqiy qiymat rost(true) yoki yolg’on(false) qiymat qabul 
    qiladi.Agar biz bu ifodaga true qiymat bersak , u holda ko’rsatilgan rasmning 
    belgilangan qismini ko’rsatib qolgan qismi ko’rsatilmaydi.Masalan: 
    \includegraphics[trim=-5 -5 16 16,clip]{kapalak} 
    Rasmni burish 
    Rasmni burish angle parametri orqali amalga oshiriladi.Bu parametr umumiy 
    ko’rinishi quyidagicha: 
    angle=burchak 
    Bu parametr soat strelkasiga teskari burchakga buradi.Masalan: 
    \includegraphics[scale=0.4,angle=30]{kapalak} 
    Boshqa imkoniyatlar 
    Biz yuqorida kapalak.pdf rasmi orqali barcha kerakli o’zgartirishlarni 
    bajardik.Bunda biz faqat rasm nomini ko’rsatish bilan cheklandik.Agar biz ko’p 
    qo’llaniladigan rasm formatlaridan foydalanmoqchi bo’lsak albatta uni 


    80 
    kengaytmasi bilan ko’rsatishimiz kerak.Bunda quyidagi kengaytmalarni ko’rsatish 
    mumkin: 
    png, pdf, jpg, mps, tiff 
    Masalan: 
    \includegraphics[width=8cm,height=6cm]{aimp.jpg} 
    Rasmni kengaytma bilan ko’rsatishda ham yuqoridagi rasmni kengaytmasiz 
    chaqirish bilan bog’liq barcha parametrlar o’rinli. 
    Shuningdek rasmni keyinchalik joylashtirish uchun joy qoldirish ham 
    mumkin.Bunda rasm chegaralari ramka bilan o’raladi va rasm nomi yozib 
    qo’yiladi.Bunda draft parametridan foydalaniladi.Masalan: 
    \includegraphics[width=1.5cm,draft]{kapalak} 

    Download 2,07 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




    Download 2,07 Mb.
    Pdf ko'rish