83
buyrug’idan foydalaniladi.Bunda
parametrlar – maxsus kalit so’zlar,
burchak –
soat strelkasiga qarama-qarshi ravishda ko’rsatilgan
burchakka burish uchun
xizmat qiladi,
matn – kiritiladigan matn.Masalan:
{\huge salom \rotatebox{30}{salom}}
Kiritish majburiy bo’lmagan parametrlar qismi kordinata o’qlari,burchak
uzunligi va boshqa o’zgarishlar uchun mo’ljallangan.Bir necha parametrlar vergul
orqali ajratiladi.Parametrlar umumiy ko’rinishi quyidagicha
kalit so’z=qiymat
Origin=qiymat
kalit so’zi orqali kordinata o’qining joylashuvi aniqlanadi.Bunda qiymat sifatida 12
ta joylashuvni berish mumkin.Ular quyidagilar:
Bunda lt(chap yuqori burchak) , t(yuqori) , rt(o’ng yuqori
burchak)
va
qolganlari
ham
yozilgan
kordinatalarda
joylashadi.Markazdan pastroqda chizilgan
gorizontal chiziq esa
baza chizig’i deb yuritiladi.O’qni chap
yuqoridan joylashtirish
uchun quyidagicha yoziladi: origin=lt
Shuningdek kordinata o’qlarini aniq nuqtalar
orqali ham joylashtirish
mumkin.Bunda quyidagi kalit so’zlardan foydalaniladi:
x=masofa1
y=masofa2
Masalan [x=4mm,y=3mm] yozuv absissa bo’yicha 4mm , ordinata bo’yicha
esa 3mm uzunlik berilganini bildiradi.
units=
raqam
kalit so’zi orqali kerakli burchakga burish mumkin.Masalan:
\rotatebox[origin=c,units=4]{0.75}{\huge burchak}
Ranglar modeli.named modeli
84
Odatda named modeli avtomatik holda yuklangan bo’ladi.Lekin ranglar bilan
ishlash uchun biz maxsus color paketidan foydalanamiz.Bu
paket orqali sakkiz
turdagi ranglardan foydalanish mumkin.Ular quyidagi jadvalda berilgan:
black (qora)
white (oq)
red (qizil)
green (yashil)
blue (ko’k)
cyan (moviy,havo rang)
magenta (qirmizi)
yellow (sariq)
Bu
ranglardan
color
paketi
yuklangandan
keyin
foydalanishimiz
mumkin.Bunda bizga \textcolor buyrug’i yordam beradi.Masalan:
\textcolor{blue}{ko'k \fbox{$x^2$}.}
Agar color paketiga usenames xususiyatini qo’shsak ranglarimiz soni 68 taga
yetadi.Bu ishni quyidagicha qilish mumkin \usepackage[usenames]{color}
Bunda color paketi dvips drayveridan foydalanadi.Endi misol ko’ramiz:
\textcolor{green}{yashil $\bigcup$.}
Agar dvips drayveri usenames xususiyatini qo’llab quvvatlamasa u holda yana
named modelidan foydalanishimiz mumkin.U holda quyidagicha yozamiz:
\textcolor[named]{green}{yashil $\bigcup$.}
rgb modeli
Bu model istalgan rangni o’z bazasidagi uch turdagi rang bilan ifodalab
beruvchi modeldir.Bu uchta rang qizil(red r) , yashil(green g) , ko’k(blue
b)dir.Bunda rang kodi kiritiladi.Masalan 1,1,0 kod sariq rangni bildiradi va h.k.
gray modeli
Bu model ham rgb modeliga o’xshash bo’lib kodlash faqat bitta son bilan , 0
va 1 orasida amalga oshiriladi.Masalan rgb dagi 0.5,0.5,0.5 bu yerda 0.5 ga
teng.Qora rang uchun 0 , oq rang uchun esa 1 kod mos keladi.