158
2.
Yozuvlar soni bo‘yicha cheklovlar yo‘qligi.
3.
Bepul versiyada bir vaqtning o‘zida 100 nafar
ishtirokchi bilan video
qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati.
4.
Tasvirlarni yuborish va suhbatlashish mumkin.
5.
Videokonferensiyalar uchun mobil qurilmalar, planshetlar
va smartfonlardan
foydalanish imkoniyati.
6.
Kamchiliklar
orasida o‘zbek tilidagi
interfeysning
yo‘qligi, so‘rov
o‘tkazishning imkoniyati yo‘qligi va webinar xonasining markasi yo‘qligi kiradi.
Skype
Avvalo, bu bepul xizmat hisoblanadi.
Shu bilan birga, tadbir ishtirokchilari
mobil va shahar telefonlariga tegishli tariflar bo‘yicha qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatiga
ham ega. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, xizmat webinar
uchun platforma sifatida
juda ko‘p kamchiliklarga ega. Platformaning asosiy kamchiliklarini sanab o‘tamiz:
Ishtirokchilar soni 25 kishiga, kamera yoqilganda 10 kishiga qadar.
Tadbir tashkilotchisi tezligi 1024 Kbit/s bo‘lgan kompyuterga ega bo‘lishi
kerak, aks holda muzlash va sekinlashish muqarrar.
Video qo‘ng‘iroqlar uchun cheklovlar mavjud, masalan, bir vaqtning o‘zida 4
soatdan oshmasligi kerak.
Prezentatsiyalar va videofilmlarni onlayn namoyish etishning iloji yo‘q.
Webinarni yozib olish funktsiyasi mavjud emas.