160
Webinar uchun eslatma jadvalini tuzish. Birinchi eslatma tadbirdan 1-2 hafta
oldin, keyingisi - webinar boshlanishidan 5-10 daqiqa oldin yuborilishi mumkin.
Webinarni rejalashtirish - seminarni
qachon tashkil qilish, qachon tanaffus
qilish kerak. Bu webinar paytida aloqani uzadigan tinglovchilar sonini kamaytirishga
yordam beradi.
Tadbirni rejalashtirishda platformadan maksimal darajada foydalanish kerak.
Webinar yaxshi, chunki u tinglovchilarni turli xil qo‘shimcha funksiyalar yordamida
sodir bo‘layotgan narsalarga jalb qilish imkonini beradi:
interaktiv prezentatsiyalar,
onlayn doskada rasm chizish,
video va audio yozuvlar, so‘rovnomalar, testlar va
albatta, doimiy suhbat.
Barcha kerakli fayllarni oldindan webinar xonasiga yuklash. Masalan, Zoom
platformasi webinarga tayyorgarlik rejimida borish, oldindan so‘rovnomalar yaratish,
fayllarni kutubxonaga yuklash va taqdimotni sinovdan o‘tkazish imkoniyatini beradi.
Webinar
tashkil etish, shuningdek, texnik masalalarni hal etish hisoblanadi.
Internet-provayder ishonchli ekanligiga oldindan ishonch
hosil qilish va webinar
oldidan (bir necha soat oldin) web-kamerani, mikrofonni
yoki naushnik qanday
ishlashini tekshirish kerak.
O‘zingizga, o‘zingizning mavzuingizga ishonch hosil qiling, sinab ko‘ring va
xatolardan qo‘rqmang, sababi qancha ko‘p webinarlar o‘tkazsangiz, keyingi safar
webinarni tashkil qilish osonroq bo‘ladi.