162
13- MASHG‘ULOT. A11.
Mavzu: Webinar tashkil etish uchun platformalar va ularning amaliy tahlili.
Reja:
1.
Webinar va videokonferensiya tashkil etish uchun mashhur platformalar.
2.
Platformalarni afzallik va kamchiliklarining amaliy tahlil.
1. Webinar va videokonferensiya tashkil etish uchun mashhur platformalar
Yaqinda biz ko‘plab tadbir tashkilotchilari onlayn formatdan qo‘rqmasligini va
o‘z
seminarlari, ma'ruzalarini va hattoki butun konferensiyalarini unga moslashtira
boshlaganligini ko‘rsatadigan bir nechta platformalar bilan tanishdik.
Ushbu mavzu doirasida foydalanilgan platforma va umuman “onlayn va
oflayn” ko‘rinishda yuzdan ortiq onlayn tadbir o‘tkazgan o‘n
kishidan iborat
mutaxassislar ishtirokida suxbat o‘tkazilgan. Ushbu suxbat jarayonida Google
Hangouts, Zoom,
GetCourse,
Skype, Cisco Webex Meetengs,
Discord va YouTube
jonli efirlarini o‘z ichiga olgan asosiy platformalar orasida kichik taqqoslash ishlarini
amalga oshirildi.
11.1-rasm. Webinar va videokonferensiya o‘tkazish uchun mashhur bo‘lgan Zoom
platformasi
Hoizrgi kundagi eng mashxur, ko‘plab foydalanuvchilarga ega bo‘lgan
platformalar:
Skype
aslida bu yo‘nalishda dastlabki platforma hisoblanadi. 2003
yilda
chiqarilgan. Bu video aloqani tashkil qilishning birinchi vositasi emas,
lekin
ro‘yxatdan o‘tishning qulayligi tufayli u tezda mashhurlikka erishdi va 2009 yilda
Skype ning akkauntlari soni yarim milliarddan oshdi.
Google Hangouts
- bu 10 yildan so‘ng paydo bo‘lgan va endi korporativ
163
G Suite ga qulay tarzda o‘rnatiladigan Google xizmatidir (ko‘pchilikka tanish Gmail,
va h.k).