• 2. Webinarning imkoniyatlari
  • Webinarlarning asosiy maqsadlari




    Download 13,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet106/205
    Sana03.06.2024
    Hajmi13,06 Mb.
    #259764
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   205
    Bog'liq
    UUM VAT 2022-2023

    Webinarlarning asosiy maqsadlari 

    Ta’lim berish to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki masofadan turib tarmoq 
    texnologiyalari asosida o‘zaro bilim almashish hisoblanadi. Ko‘pincha, bu o‘z 
    bilimlarini omma bilan baham ko‘rishni istagan ma’lum ko‘nikma va qobiliyatlarga 
    ega bo‘lgan mutaxassislar ishtirokida tashkil etiladi. Bu jarayonda tashkilotchi yer 
    yuzining boshqa bir nuqtasida ikkinchisi dunyoning boshqa bir nuqtasida joylashgan 
    bo‘lishi va Webinarda chiqish qiluvchi mutaxassis ham boshqa bir davlatdan turib 
    ishtirokchilarga o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashish imkoniyatini taqdim eta oladi. 
    Ta’lim bo‘yicha Webinarlar muammoni (mavzuni) uyda o‘qib o‘rganish imkoniyatini 
    beradi, bu esa talim olish va o‘rganishning juda qulay usuli hisoblanib, hozirgi kunda 
    tobora ommalashib bormoqda. 

    Videoselektor. Ushbu usul bir xil faoliyat bilan shug‘ullanuvchi muassasa 
    xodimlari uchun, ammo turli uzoqlikda joylashgan bo‘limlar va masofadan turib 
    ishlaydigan xodimlar uchun qulay aloqa usuli hisoblanadi. 

    Videokonferensiya. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri videoaloqa translyatsiyasi yoki faqat 
    onlayn tashkil etilgan tadbir bo‘lishi mumkin. 
    2. Webinarning imkoniyatlari 
    Dastlab Webinarlar tor doirada bir kishining nutq jarayoniga yo‘naltirilgan 
    bo‘lsa, boshqa ishtirokchilar faqat tinglashar edi, hozirgi kunga kelib tinglovchilar va 
    ma’ruzachilarning o‘zaro muloqat qilishlari uchun keng imkoniyatlar taqdim 
    etmoqda. 
    Hozirgi kunda Webinarlar orqali ta’lim jarayonlarini amalga oshirish keng 
    ommalashib bormoqda. Ta’lim olishning ushbu shakli ta’lim bozorda katta talabga 
    ega bo‘lib ulgurdi. Hech kim qo‘shimcha vaqtini ko‘chada, yo‘lda bekorga sarflashni 
    xohlamaydi. Shu sabbali kerakli bilimni uyda kompyuter yonida o‘tirib olish mumkin 
    bo‘lgan bir vaqtda yo‘qorida ko‘rsatib o‘tilgan noqulaylik va ortiqcha xarajatlarga 
    vaqt sarflamasligi tabiiy. 
    Zamonaviy Webinarlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bu seminar 
    mavzusi va shaxsiy suhbatlar bo‘lib, ushbu ko‘rsatgichlar seminar mavzusini va 
    materiallarini ishtirokchilarga qiziqarli tarzda ishlab chiqishga imkoniyat yaratib 
    beradi. Taqdimotlarni qiziqarli va jonli bo‘lishi uchun qo‘shimcha animatsiya


    155 
    videorolik, saytlar va boshqa ilovalarni ko‘rsatish kiradi. 
    Webinarning asosiy xususiyatlari: 

    Konferensiya ko‘p tomonlama video va audio formatda o‘tkaziladi; 

    Ma’ruzachi materialni tinglovchining kompyuterida namoyish etadi; 

    Ma’ruzachi materialni boshqarish huquqini tinglovchilarga berishi mumkin; 

    Tinglovchilar webinarni kompyuterlariga yuklab olishlari va qayta ko‘rishlari 
    mumkin; 

    Tinglovchilar va ma’ruzachilar matnli chat va rasmlar taxtasidan 
    foydalanishlari mumkin; 

    Onlayn uchrashuv paytida siz so‘rovnomalar o‘tkazishingiz mumkin. 
    Webinar xonasi minglab odamlarga ma’ruzalar o‘qishdan tashqari, boshqa 
    xususiyatlarga ham ega, bular: 

    Download 13,06 Mb.
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   205




    Download 13,06 Mb.
    Pdf ko'rish