152
12- MASHG‘ULOT. A10.
Mavzu: Webinar va uning asosiy tushunchalari
Reja:
1.
Webinarning asosiy tushunchalari.
2.
Webinarning imkoniyatlari.
3.
Muvaffaqiyatli webinar tashkil qilishning oddiy qoidalari.
1. Webinarning asosiy tushunchalari
Onlayn seminar, web-konferensiya va web-seminar (inglizcha webinar) - bu
videokonferensiyaning bir turi bo‘lib, Internet orqali onlayn uchrashuvlar yoki
taqdimotlarni o‘tkazish usuli hisoblanadi.
Web-seminarlar, onlayn seminarlar, web-
konferensiyalar va treninglar konferensiyalarni o‘tkazishning tarmoq texnologiyalari
asosida tashkil etiladigan qulay usullaridan biri hisoblanadi. Webinar bu ko‘p sonli
ishtirokchilar o‘rtasida tarmoq texnologiyalari asosida uchrashuvlarni tashkil
etishning onlayn usuli hisoblanadi. Webinar davomida har bir ishtirokchi o‘z
kompyuteri orqali videoaloqaga chiqadi va ular o‘rtasidagi
aloqa ishtirokchining
kompyuteriga o‘rnatilgan dasturlar yoki web brauzer yordamida Internet (korporativ,
lokal) tarmog‘i orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi holatda ya’ni web brauzer
yordamida Webinarga ulanish uchun brauzer oynasining manzil qismiga URL
manzilini (Webinarning havolasini) kiritish orqali amalga oshiriladi.
Webinarning asosiy xususiyati - bu interaktivlik bo‘lib. Misol uchun, real vaqt
rejimida muammolarni onlain jamoaviy muhokama qilish imkoniyatini taqdim eta
oladi. Webinar davomida onlain so‘rovnomalarni o‘tkazish, kerakli ishtirokchilarni
mikrofonga taklif qilish imkoniyati mavhud. Bundan
tashqari webinarda ishtirok
etayotgan kerakli ishtirokchilar bir-birlarini kamera yordamida ko‘rgan holda
gaplashishi hamda o‘z taqdimotlarini o‘zaro namoyish etishi va suhbatlashish
imkoniyati mavjud.
Webinarlar hamkorlikda tashkil etilishi ham mumkin. Bunday jarayonda
tinglovchilar va taqdimotchi o‘rtasida to‘liq o‘zaro aloqani ta’minlash uchun
so‘rovnoma o‘tkazish va ovozlarni hisoblash imkoniyatini ham ba’zi tizimlar taqdim
eta oladi. Odatta taqdimotchi
asosiy oynada chqish qilishi, gaplashishi, ekranda
ko‘rsatilgan ma’lumotlarga izoh berishi, tinglovchilar esa savollarga javob berishlari
mumkin bo‘ladi. Shuningdek, tarmoq orqali sifatli audio aloqani ta’minlaydigan
VoIP audio texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlovchi texnologiyalar ham keng
foydalanilmoqda. Webinarlar (tashkilotchilarga bog‘liq holda)
anonimlik yoki
foydalanuvchilarning “ko‘rinmaslik” funksiyasini ham qo‘llab-quvvatlashi mumkin,
shu
bilan
birga
konferensiya
ishtirokchilari
bir-birlarini
webinarda
153
qatnashayotganligini ko‘rinmaydigan qilish funksiyasi bilan ham ta’minlangan
bo‘lishi mumkin.
Internet tarmog‘idan foydalanish rivojlanayotgan davrlarda dastlabki
“Webinar” atamasi ko‘pincha forum mavzusi yoki xabar taxtasi deb nomlangan.
Keyinchalik, bu atama real vaqtda aloqa ma’nosini oldi. Hozirgi kunda Webinarlar
masofaviy o‘qitish tizimining bir qismi sifatida foydalanilmoqda.
Oddiy
qilib
aytganda,
bu
tarmoqdan
foydalangan
holda
dars/ma’ruza/uchrashuvlarni tashkil etishning oddiy va qulay usuliga aylanib ulgirdi.
Bunday webinarlar (konferensiya) uydan yoki ish xonadan tashqariga chiqmasdan
yangi bilimlarni olish imkoniyatini yaratmoqda. Ba’zi kompaniyalar uchrashuv va
intervyularni amalga oshirishni ham masofadan turib amalga oshirmoqdalar.
Webinar atamasi o‘tgan
asrning oxirida, xabar almashish tizimlaridan
foydalanila boshlanganda paydo bo‘lgan va oradan taxminan 10 yildan so‘ng web-
chatlar ishlab chiqilgan. Bu o‘sish sur’ati, XXI asrga kelib, onlayn aloqadan, xususan,
konferens-qo‘ng‘iroqlardan foydalanish imkoniyatini paydo bo‘lishiga olib keldi.
10.1-rasm. Webinarda qatnashish usullari.
Webinarlar real vaqt rejimida ikki yoki undan ortiq ishtirokchi o‘rtasida amalga
oshiriladi. Tashkilotchi kerakli platformada kerakli havolani yaratishi va bu haqda
ishtirokchilarni oldindan xabardor qilishi kerak bo‘ladi. Ko‘pincha platformalar
ishtirokchilarni oldindan ro‘yxatdan o‘tkazishni talab qilinadi. Tashkilotchi
platformaga o‘zining ismini (Niknameni) va elektron pochtasi, ba’zan ishtirokchilarni
ham ushbu ma’lumotlarini platformaga kirgizishini talab qiladi.
Ro‘yxatga olingan ishtirokchilarga Webinar translyatsiya
boshlanishi haqida
bir necha kun oldindan xabar yuboriladi, bu imkoniyat esa Webinar ishtirokchilariga
kun tartibini oldindan moslab olishiga imkoniyat yaratadi. Rejalashtirilgan
Webinarga guruhli qatnashish uchun maxsus jixozlangan videokonfirinsiya xonasi
kerak bo‘ladi.
Webinar jarayonida og‘zaki nutuq so‘zlanishi yoki rasmlar, videofilmlar va
taqdimotlar ham namoyishi amalga oshirilishi mumkin.
Webinar davomida
154
ma’ruzachi qatnashchilarda chuqur o‘zaro ta’sir o‘tkazish uchun ishtirokchilarga
qiziqtirgan savollarini berish imkoniyatini taqdim etishi va ushbu savollarga javob
ham beradi.
Odatda,
Webinar
tugagandan
so‘ng,
tashkilotchilar
(ma’ruzachi)
ishtirokchilarga elektron pochta orqali tarqatma materiallarni yuboradi. Bu mavzuga
doir ma’lumotlarni ishtirokchilar tomonidan takroran bir necha bor qayta mustaqil
o‘qib o‘rganishga yordam beradi.