23
hamda beriladigan topshiriqlarni mustaqil bajarish ko‘nikmalarini hosil qilish maqsadida
o‘tkaziladi.
Amaliy mashg‘ulotlar maxsus jihozlangan o‘quv sinf xonalarida o‘tkaziladi.
Amaliy
ko‘nikmalar qo‘shinlar stajirovkasi va amaliyotini o‘tash mobaynida takomillashtiriladi.
Mashg‘ulotlarni
individuallashtirish
va
o‘qitish
sifatini
oshirish
maqsadida
videokonferensiya aloqa vositalari yechimlarining soniga qarab o‘quv guruhlarini bir nechta kichik
guruhlarga bo‘lishga va alohida o‘qituvchi rahbarligidagi o‘quv nuqtalariga taqsimlashga ruxsat
beriladi. Kursantlar videokonferensiya aloqa vositalarini o‘rnatish, dasturiy va apparat vositalar
sozlamalarini sozlash hamda ulardan amaliy foydalanish bo‘yicha har
bir elementlarni bir necha
marta bajaradilar, undan keyin o‘rnatish va sozlash amallarini mustaqil o‘tkazadilar.
O‘rganuvchilarning aniq turdagi dasturlar va apparaturalardagi bilim hamda ko‘nikmalar mazmuni
aloqa qo‘shinlari uchun yagona me’yorlar va vazifalar to‘plamiga hamda aloqa qo‘shinlari uchun
jangovar tayyorgarlik bo‘yicha talablarga maksimal ravishda mos kelishi lozim.
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha kursantlar
tomonidan mustaqil ish
tayyorlanadi va uni taqdimoti tashkil qilinadi.
Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarining barcha mavzularini to‘la o‘zlashtirgan kursantlarga
yakuniy nazoratda ishtirok etishga ruxsat etiladi. Kursant semestr oxirida yakuniy nazorat
topshiradi.