39
kurslarni reklama qilishda keng foydalanilmoqda. Yoki videkonferensiya aloqa
yechimlaridan foydalangan holda katta auditoriyalar
uchun qimmatga tushatigan
intensiv kurslarni tashkil etish orqali iqtisodiy tejamkorlikka erishishga keng
imkoniyatlar yaratmoqda.
Bundan tashqari, web-seminarlardan harbiy sohada ham keng foydalanish
mumkin. Buni amalga oshirish uchun maqsadli
auditoriyani web-seminarda
qatnashishlari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga elektron taklifnomalar yuborish
kerak bo‘ladi. Shu tariqa ishtirokchilarga bir oz foydali bo‘lishi uchun ularga tadbirga
tashrif buyurmasdan masofadan turib seminarlarda qatashishlari uchun o‘ziga xos
sharoit yaratib beriladi. Natija esa tadbirga kelish va ketish uchun ketadigan vaqt va
harajatlarni qisqartirishga imkoniyat yaratadi.
Hozirgi kunda eng mashhur videokonferensiya aloqa yechimlari bulutli
tizimlar (
Skype, Google Meet, Zoom, Google Hangouts, YandexTelemost
va
boshqalar) hisoblanib, bu tizimlar videokonferensiya aloqa narxini sezilarli darajada
pasayishiga sabab bo‘la oldi. Dasturiy ta’minotga asoslangan
videokonferensiya
serverlar bulutli provayderda joylashtirila boshlandi. Bu esa tizimni o‘rnatish va
sozlash jarayonlarini juda soddalashtirilishiga olib keldi. Ushbu yechimlar ham ba’zi
kamchiliklardan holi emas. Masalan har doim ham yuqori sifatli videoaloqani
ta’minlab bo‘lmasligi, sababi, aloqaning xavfsizlik darajasini pastligi va tashqi aloqa
kanallari, Internet va serverlarga bog‘liq bo‘lishi hisoblanadi.
Umuman olganda, qimmat narxli apparat-dasturiy yechimlar bugungi kunda
bulutli xizmatlar, kompyuter yoki noutbukga o‘rnatilgan
mijoz dasturlari
ko‘rinishidagi arzon muqobil variantlari bilan almashtirilmoqda. Videokonferensiya
aloqani tashkil etishning apparat-dasturiy yechimlardan voz kechilib dasturiy
ta’minotga asoslangan videokonferensiya aloqa turiga o‘tish iqtisodiy tomondan va
mantiqan to‘g‘ri yechim sifatida qabul qilinmoqda.