32
namoyish etildi. Ushbu prototip asosidagi videoaloqa jarayoni har ikki soniyada faqat
bitta kadrni yo‘qolishi orqali ishlar edi. Ammo bu juda aniq va barqaror tasvirni bera
olar edi (sekundiga 25 kadr uchun 40 kilopiksel). Loyiha ancha muvaffaqiyatli deb
topildi va shu asosda 1959-yilda
AT&T
kompaniyasining
Рicturephone Mod I
deb
nomlangan birinchi tijorat videotelefonini yaratish ustida ishlar boshlandi. Olib
borilgan tadqiqotlar
natijasida birinchi
Рicturephone Mod I
videotelefoni 1964-yil
20-aprel kuni Nyu-Yorkda hahridagi jahon ko‘rgazmasida namoyish etildi. Nyu-York
shahrida bo‘lib o‘tgan jahon ko‘rgazmasida AT&T kompaniyasining “Picturephone
Mod I” videotelefonining taqdimot jarayoni 1.8-rasmda keltirilgan.
1.8-rasm. 1964- yil 20-aprel kuni Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan jahon
ko‘rgazmasida AT&T kompaniyasining “Picturephone Mod I” videotelefonining
taqdimot jarayoni.
Ushbu texnologik yechimlar o‘z vaqtida arziydigan yaxshi yangilik bo‘la oldi.
Oradan ikki oy o‘tgach,
Picturephone
tijorat videotelefoni xizmati ishga tushirildi.
So‘zlashuv xonalari Nyu-York, Vashington va Chikago shaharlarida tashkil etildi.
Videoaloqa seansini o‘tkazish uchun suhbatdoshlar suhbat vaqtini oldindan
belgilashlari va kelishib olishlari kerak bo‘lar edi. Bu esa o‘z ishi bilan band bo‘lgan
ishbilarmon insonlar uchun noqulayliklarni yuzaga keltirar edi.
Picturephone
tijorat
videotelefonidan foydalanish iqtisodiy jihatdan juda katta harajatni talab qilar edi.
Foydalanuvchilar uchun uch daqiqali suhbat narxi 16 dollarni, 25
daqiqa davom
etadigan suxbat narxi esa 80 dollarga tushar edi (2022-yildagi narxga nisbatan mos
ravishda taxminan 3 daqiqa subat 150 dollarni, 25 daqiqa subat 700 dollarga teng
keladi). Natijada loyiha tijorat jihatdan foydasiz bo‘lib
chiqdi va tez orada
foydalanishdan chiqib keta boshlandi.
33
1.9-rasm. XX asrning 70-yillari boshlarida AT&T kompaniyasi tomonidan ishlab
chiqilgan Picturephone Mod II videotelefoniya terminali.
Ammo
AT&T
kompaniyasi o‘zi ixtiro qilgan texnologiyaning potentsialiga
ishondi va asosiy muammo qurilmani ishlatilish bilan bog‘liq iqtisodiy muammoda
ekanligini ko‘ra oldi. Shu sababli, 1969-yilda ixcham,
ofis uchun muljallangan
videoaloqa tizimi deb nomlash mumkin bo‘lgan
Picturephone Mod II
ni taqdim
etildi.
Picturephone Mod II
12,5x14 santimetrli ekran, 251 chastotli monoxrom
tasvirni soniyasiga 30 kadr tezlikda uzata oladigan yangi
videotelefoniya terminali
bo‘ldi. A
XX asrning 70-yillari boshlarida AT&T kompaniyasi tomonidan ishlab
chiqilgan Picturephone Mod II videotelefoniya terminalining umumiy ko‘rinishi
1.9- va 1.10-rasmlarda keltirilgan.
1.10-rasm. Picturephone Mod II videotelefoniya terminalining boshqaruv blokining
ko‘rinishi. Boshqaruv bloki rasmning sifati, o‘lchami, joylashuvi va aloqaning
ovozini balandligini sozlash kabi funktsiyalarga ega bo‘lgan.
Yangilangan
Picturephone Mod II
videotelefoniya terminali
xizmati 1970-yil
30-iyulda
Pensilvaniya shtatining
Pitsburg
shahrida ishga tushirildi. Oldingi
talqinlaridan farqli ravishda, aloqa o‘sha shahar ichidagi kompaniyalar ofislari
o‘rtasida amalga oshirildi. Xizmat narxi oyiga usha vaqtda 160
AQSH dollarini
tashkil etgan (Taxminan bugun kunda 1500 AQSH dollarini tashkil etadi). Abonent
34
to‘lovi doirasida 30 daqiqada videotelefoniya xizmati taqdim etilgan. Bunda
suhbatning har bir daqiqasi 0,25 dollarni tashkil etgan. Keyinchalik