26
7-SEMESTR
1-MASHG‘ULOT. M1.
Mavzu:
Videokonferensiya
aloqa
tizimlari
faniga
kirish.
Asosiy
tushunchalar.
Reja:
1.
Fanning asosiy tushunchalari.
2.
Videokonferensiya aloqasining yaratilish tarixi.
3.
Harbiy sohada videokonferensiya aloqasidan foydalanish tarixi.
4.
Videokonferensiya aloqasini qo‘llanilish sohalari.
1. Fanning asosiy tushunchalari
Videokonferensiya
- bu bir vaqtning o‘zida apparat
va dasturiy vositalar
yordamida real vaqt rejimida masofadan turib ikki tomonlama interaktiv axborot
almashishni ta’minlab beruvchi axborot texnologiyalarining zamonaviy yechimidir.
Videokonferensiya aloqa
- bu uch yoki undan ortiq masofadagi abonentlarning
interaktiv o‘zaro aloqasini ta’minlab beruvchi telekommunikatsiya
texnologiyasi
imkoniyati bo‘lib, bunda ular o‘rtasida real vaqt rejimida audio va video
ma’lumotlarini uzatish imkoniyati yaratiladi. 1.1-rasmda
Videokonferensiya aloqa
jarayoni keltirib o‘tilgan.
1.1-rasm. Videokonferensiya aloqa jarayoni.
Shaxsiy videokonferensiya –
bu eng oddiy videokonferensiya aloqa turi
hisoblanib to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkita ishtirokchi o‘rtasida amalga oshiriladi.
Bunda
birinchi ishtirokchidan video va audio ma’lumotlar ikkinchi ishtirokchiga hamda
ikkinchisidan birinchisi tomonga uzatiladi.
Guruhli videokonferensiya
- bu ikki kishidan ortiq foydalanuvchilar
ishtirokidagi
videoaloqa turi hisoblanib, bu erda hamma ishtirokchilar bir-birlarini
27
ko‘rishlari va tinglashlari mumkin. 1.2-rasmda guruhli
videokonferensiya aloqa
jarayoni keltirilgan.
1.2-rasm. Guruhli videokonfrensiya aloqaning ko‘rinishi.