Axborot texnologiyalari va dasturiy injiniring




Download 13,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/205
Sana03.06.2024
Hajmi13,06 Mb.
#259764
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   205
Bog'liq
UUM VAT 2022-2023

Picturephone 
Mod II
videotelefoniya xizmati 
AT&T
tarmoqlarida ishlaydigan mamlakatning 
boshqa shaharlarida ham yo‘lga qo‘yildi. Yangilangan Picturephone Mod II 
videotelefoniya terminali asosida amalga oshirilgan aloqa jarayoni 1.11-rasmda 
tasvirlangan. 
 
1.11-rasm. Yangilangan Picturephone Mod II videotelefoniya terminali asosida 
amalga oshirilgan aloqa jarayoni. 
AT&T kompaniyasining Picturephone Mod II videotelefoniya terminali 
yordamida amalga oshirilgan aloqa jarayonida suhbatdoshlar bir-birlarini 
videotasvirlarini ko‘rgan holda suhbatlashishlari, grafikalar va diagrammalarni ham 
o‘zaro namoyish qilish imkoniyatini ham taqdim eta olgan. 
Xizmat ishga tushirilgandan besh yil o‘tgach, 
Pitsburg
da atigi sakkizta, butun 
AQSH bo‘ylab bir necha yuzta videotelefoniya xizmati ishga tushgan edi. Ammo 
ushbu loyiha ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu esa kompaniyaga juda qimmatga 
tushdi. 1966-1973-yillar oralig‘ida 
AT&T
Picturephone
loyihasiga taxminan
1 milliard dollar sarmoya kiritdi (2021 yildagi narx bilan taqqoslaganda 6,9-7 
milliard dollarbi tashkil qiladi). 1974-yilga kelib ushbu loyiha bosqichma-bosqich 
bekor qilindi. 
AT&T
kompaniyasining tarixini o‘rgangan 
Sheldon Xuzer
isimli olim 
Picturephone Mod II videotelefoniya tizimi narxining yuqoriligi, xizmatning turg‘un 
ishlamasligi kabi muammolar borligini yozib qoldirgan. 
Sheldon Xuzer
fikriga ko‘ra 
usha vaqtda foydalanuvchilar telefonda bir-birlarini ko‘rib gaplashish nima sababdan 
kerakligini hamma ham birdek tushuna olmaganligini takitlagan.
Ammo AT&T o‘sha paytda videotelefoniyani rivojlantirgan yagona kompaniya 
bo‘lmadi. 1973-yilda 
APO
laboratoriyasining tadqiqotchilari (Buyuk Britaniya) 
dastlab ikkita pochta aloqa bo‘limini, 
London
va 
Sidney
o‘rtasida joylashtirilgan 
birinchi eksperimental xalqaro videotelefoniyani tizimini ishga tushirishdi. 
Keyinchalik 
APO
laboratoriyasi tizimlari yordami bilan 
Sidney
va 
Melburn
orasida 
videotelefoniyani aloqasi yo‘lga qo‘yildi. 


35 
1976-yilda ma’lumotlarni paketli uzatilishi imkonini berivchi 
Network Voice 
Protocol (NVP)
texnologiyasi ishlab chiqildi, bu (
VoIP
) tarmoq protokoli orqali 
ovozli xabarlarni uzatishning dastlabki texnologiyasi bo‘lib xizmat qildi. Ushbu 
bosqichda videoaloqaning asosiy texnologiyasi ovoz va tasvirlarni analog umumiy 
telefon tarmog‘i (
PSTN
) orqali uzatishni amalga oshirish imkonini berdi. O‘sha 
vaqtda videoloqa yechimlari qimmat va hajm jihatidan katta hamda foydalanishga 
noqulay edi. Bu esa uni tijorat maqsadlarda foydalanilishini cheklanishiga olib kelar 
edi. 
1981-yilda 
Video Protocol
(
PVP
) va 1991-yilda 
IBM 
kompaniyasidan
 
birinchi 
shaxsiy kompyuterga asoslangan videokonferensiya aloqa yechimi texnologiyasi 
taqdim etildi. Video Protocol ning (PVP) logotipi hamda ishlash jarayoni
1.12-rasmda keltirilgan.
1.12-rasm. Video Protocolning (PVP) logotipi hamda ishlash jarayoni. 
1990-yilga kelib 
ISDN
(
Integrated Services Digital Network
) orqali 
videokonferensiya 
aloqani 
qo‘llab-quvvatlash 
uchun 
birinchi 
xalqaro 
videokonferensiya aloqa standarti 
H.320
ishlab chiqildi va tasdiqlandi. O‘sha yillarda 
videokonferensiya aloqaning asosiy texnologiyasi tasvirni siqish edi. Bu esa keng 
polosali tarmoqqa ulanish yordamida tasvir sifati va uzatish tezligini oshirishga 
yordam berdi.
1.13-rasm. Shaxsiy kompyuterga asoslangan CU-SeeMe tizimida videoaloqani 
amalga oshirilish jarayoni. 


36 
Windows 
operatsion 
tizimi 
qo‘llab 
quvvatlaydigan 
yangilangan
CU-SeeMe
(Internet-videokonferensiya mijozi) dasturi yaratilgandan so‘ng, 
videokonferensiya 
aloqa 
xizmatlaridan 
har 
qanday 
kompyuter 
tarmog‘i 
foydalanuvchisi foydalana oladigan bo‘ldi. Shaxsiy kompyuterga asoslangan CU-
SeeMe tizimida videoaloqani amalga oshirilish jarayoni 1.13-rasmda keltirilgan. 
Videokonferensiya aloqa tizimlari 2000-yillarning boshlariga kelib yangi 
rivojlanish bosqichiga o‘tdi. Videokonferensiya aloqani tashkil etish texnologiyalari 
ikkita asosiy katta yo‘nalishga bo‘lindi: 
1.
Apparat vositalar orqali videokonferensiya aloqani tashkil etish; 
2.
Dasturiy ta’minot asosida videokonferensiya aloqani tashkil etish. 
Shu bilan birga, 
Samsung
kompaniyasi o‘zining birinchi uyali videotelefon 
qurilmasini 
ishlab 
chiqardi. 
Skype
va 
iChat
kompaniyalari 
o‘zlarining 
videokonferensiya aloqaga mo‘ljallangan dasturiy ta’minotlarini taqdim etdi.
2005-yilda 
Lifesize
kompaniyasi o‘zining birinchi 
HD
videokonferensiya aloqa 
yechimini ommaga taqdim etdi.
Korporativ videokonferensiya aloqa tizimi bozori rivojlanishining boshida, 
videokonferensiya aloqa terminallari o‘rtasidagi sessiyalar 
ISDN
tarmoqlari orqali 
amalga 
oshirildi. 
Keyinchalik 
esa 
IP
tarmoqlardan 
foydalangan 
holda 
videokonferensiya aloqani (
H.323 standart orqali
) tashkil etish keng ommalashdi. 
Tarmoq texnologiyalarning rivojlanishi ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim 
etilayotgan texnik yechimlar va uskunalarning tezkorlik bilan rivojlanish davri 
boshlanib ketdi. Natijada 
3G
va 
4G
aloqa standartlarining joriy etilishi mobil 
yechimlar va bulutli videokonferensiya aloqa platformalarini yaratilishi uchun keng 
imkoniyatlarni yaratib berdi. 

Download 13,06 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   205




Download 13,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot texnologiyalari va dasturiy injiniring

Download 13,06 Mb.
Pdf ko'rish