Sanoatga mo‘ljallangan videokonferensiya aloqa tizimlari
- bu ixtiyoriy
sanoat sohada qo‘llaniladigan videokonferensiya aloqa tizimlari yechimi hisoblanadi.
Bunga tibbiyot (teletibbiyot), masofaviy ta’lim (masofaviy o‘qitish, seminarlar,
ma’ruzalar), huquqshunoslik (sud jarayoni yig‘ilishlari) sohalarini misol qilib
keltirishimiz mumkin.
Videokonferensiyani boshqarish tizimlari
– bu umumiy qoidaga ko‘ra tarmoq
qanchalik
katta
bo‘lsa,
tarmoqni
boshqarish
shunchalik
qiyinlashadi.
Videokonferensiya aloqa tarmoqlarining ishonchliligi, samaradorligi, barqarorligi va
xavfsizligini ta’minlash uchun “
Tarmoqni boshqarish tizimlari
” deb nomlangan
texnologiyalardan keng foydalaniladi.
2. Videokonferensiya aloqasining yaratilish tarixi
Videokonferensiya aloqaning tarixi yaratilishidan toki tijorat maqsadlarida
foydalanishgacha bo‘lgan uzoq rivojlanish davrni o‘z ichiga oladi. Videokonferensiya
aloqasining dastlabki na’munalari 1.3-rasmda keltirilgan.
1.3-rasm. Videokonferensiya aloqasining dastlabki na’munalari.
28
Bugungi kunda bizga tanish bo‘lgan videokonferensiya aloqa tizimlarining
yaratilishi va rivojlanishi uzoq yo‘lini bosib o‘tdi. Videokonferensiya aloqa
tizimlarining rivojlanish tarixi qariyb yuz yildan oshiq vaqt davom etdi.
Videokonferensiya aloqa tizimlarining muvaffaqiyatga ega bo‘lishi oson kechmadi.
Videokonferensiya aloqasining rivojlanish tarixi va II jahon urushigacha bo‘lgan
davrdagi ko‘rinishi 1.4-rasmda keltirilgan.
1.4-rasm. Videokonferensiya aloqasining rivojlanish tarixi va II jahon urushigacha
bo‘lgan davrdagi ko‘rinishi.
Videokonferensiya aloqaning yaratish g‘oyasi ilg‘or muhandislar tomonidan
uzoq yillar oldin paydo bo‘ldi. Taxminan XIX asrning oxirlaridan boshlab
televideniya asosida birinchi tajribalar bilan bir qatorda zamonaviy, o‘sha vaqtdagi
aloqa tizimlari yordamida uzoq masofalarga telegraf signallarini, ovozli xabarlarni va
tasvirni ham uzatish mumkinligini anglab yetishdi. Shunga qaramay, g‘oya
konsepsiyadan birinchi fizik amalga oshirilishigacha bo‘lgan davr bir necha o‘n
yillarni talab qildi. Xaqiqatda ham, video aloqaning eng oddiy ko‘rinishini amalga
oshirish uchun kamida to‘rtta o‘zaro bog‘liq komponentlarni bir-biriga integratsiya
qilish kerak bo‘lindi. Bular: ovozni uzatish vositalari, simli yoki radiokanallar asosida
ishlovchi, tarmoqning yetarli darajadali o‘tkazuvchanligi, tasvirga olish moslamasi
(kamera) va displey tizimi (monitor) o‘z ichiga oladi. Videoaloqani amalga oshirish
uchun ushbu komponentlarning barchasidan kamida ikki nusxada bo‘lish talab qilinar
edi. Videoaloqani amalga oshirish qurilmalarining II jahon urushigacha bo‘lgan
davrdagi ko‘rinishi 1.4-rasmda tasvirlangan.
Ovoz ma’lumotlarini uzatishda hamma narsa nisbatan yaxshi edi, ammo video
eshittirish haqida gap ketganda, bu jihat ko‘p yillar davomida yangi texnologik
yechimlarni kutib turdi. Faqat o‘tgan asrni 20-yillarining ikkinchi yarmida texnologik
yangilanish yuzaga keldi. Bu davrga kelib birinchi barqaror ishlaydigan televizion
kameralar paydo bo‘ldi. Ushbu texnologik yechimning afzalligi harakatdagi
televizion tasvirni nisbatan barqaror uzatishga erishish mumkinligi bo‘ldi. Barqaror
ishlaydigan televizion kameranig yaratilishi aloqa tizimidagi yana bir yangi inqilobni
29
yuzaga kelishiga yetarli darajada asos bo‘la oldi.
1.5-rasm. “Bell Telefon Laboratories” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan
dastlabki ikki tomonlama ovozli aloqaga ega mexanik televizion tizimining ishlash
sxemasi. Ushbu rasm1928 yilda chop etilgan maqoladan olingan.
1927-yilda
AT&T Bell Telephone Laboratories
(keyinchalik Bell Labs)
muhandislari birinchi marta audiovizual aloqa o‘rnatish imkonini beradigan
majmuani yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. Sinov translyatsiyalaridan tashqari, sinovga
birinchi bo‘lib qo‘l urgan odam o‘sha vaqtda AQSh savdo vaziri
Gerbert Guvver
edi
(Gerbert Guvver ikki yildan so‘ng mamlakat prezidenti bo‘ldi). 1927-yil 7-aprelda
AQSHning Vashington shahrida tashkil etilgan maxsus jihozlangan studiyadan u
Nyu-Yorkda yig‘ilgan rasmiy shaxslar va jurnalistlarga murojaat qildi. Uning tasviri
va nutqi real vaqtda telekommunikatsiya kanallari orqali 320 km dan ortiq masofaga
uzatildi. Hatto ushbu tarixiy voqeaning hujjatli filmlari hozirgacha ham saqlanib
qolgan. “Bell Telefon Laboratories” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan
dastlabki ikki tomonlama ovozli aloqaga ega mexanik televizion tizimining ishlash
sxemasi 1.5-rasmda keltirib o‘tilgan. “Bell Telefon Laboratoriyas” kompaniyasi
tomonidan ishlab chiqilgan birinchi televizion tizimining displeyi ko‘rinishi 1.6-
rasmda keltirilgan. Asosiy rasmda - ekranning orqa tomoni, yuqori chap burchakda -
old paneli tasvirlangan.
Ikki
tomonlama
audiovizual
ma’lumotlarni uzatishga mo‘ljallangan
telekommunikatsiya tizimining birinchi to‘liq versiyasi
AT&T
kompaniyasi
tomonidan uch yil o‘tgach taqdim etildi. Bu xodisa 1930-yili bo‘lib o‘tdi. Shu sababli
1930-yilni videoaloqaning tug‘ilgan yili deb hisoblash mumkin. 1931-yilda yangi
30
audiovizual ma’lumotlarni uzatishga mo‘ljallangan qurilmaning ommaviy namoyish
bo‘lib o‘tdi. Bunda Manxetten shaxrida
AT&T
kompaniyasining ikkita ofisi o‘rtasida
ikki tomonlama videoaloqa yo‘lga qo‘yildi.
1.6-rasm. “Bell Telefon Laboratoriyas” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan
birinchi televizion tizimining displeyi ko‘rinishi. Asosiy fotosuratda - ekranning orqa
tomoni, yuqori chap burchakda - old paneli tasvirlangan.
O‘sha yillarda muhandislarga tasvir uzatish tizimlari hali ham o‘ta murakkab
va ishonchsiz bo‘lishiga qaramay, barcha texnologik to‘siqlar tez orada bartaraf
etilishi va videoaloqa telefonda gaplashish kabi odatiy holga aylanib qolganday his
qilinar edi. Ammo olimlar faqat 30-yillarning ikkinchi yarmida yana videoaloqani
rivojlantirish uchun qayta qo‘l urishdi. Bu safar amerikaliklar tomonidan emas, balki
nemis muhandislari tomonidan yangi texnologik yechim taklif etildi. 1936-yil
Germaniyada bo‘lib o‘tgan XI yozgi Olimpiada o‘yinlari vaqtida nemis ixtirochisi
Georg Shubert
tijorat maqsadida ishlatilishga mo‘ljallangan birinchi ishchi tizim -
zamonaviy videotelefoniya prototipini taqdim etdi. 1936-yil Berlin shahrida
na’moyish etilgan Georg Shubertning vizual telefon tizimi terminalining umumiy
ko‘rinishi 1.7-rasmda keltirib o‘tilgan.
31
1.7-rasm. 1936-yil Berlin shahrida na’moyish etilgan Georg Shubertning vizual
telefon tizimi terminalining umumiy ko‘rinishi.
Germaniyada “Vizual telefon” tizim rivojlanishi vaqtida (
Gegensehn-
Fernsprechanlagen
) deb nomlangan edi. Dastlab aloqa
Berlin
va
Leyptsig
(taxminan
160 km) oralig‘ida yotqizilgan koaksial kabel orqali tashkil qilindi. Ammo vizual
telefon tizimi takomillashtirilgandan so‘ng, 1000 km va undan uzoq masofada
joylashgan kabinalar o‘rtasida aloqa seanslarini tashkil qilish imkoniyati paydo
bo‘ldi. Videofon displey, kamera, yoritish moslamalari va oddiy telefondan iborat
edi. Video qo‘ng‘iroqlar uchun kabinalar pochta aloqasi bo‘limlarida o‘rnatildi, u
erdan turib boshqa shaharlarda joylashgan aloqa bo‘limlariga qo‘ng‘iroq qilish
mumkin bo‘ldi.
Ammo bu safar ham videoaloqa tizimlarining rivojlanish jarayoniga global
muammolar xalaqit qila boshladi. 1939-yil 1-sentyabrda boshlangan Ikkinchi jahon
urushi yana uzoq vaqt davomida videoaloqani yanada rivojlantirish g‘oyasini yo‘qqa
chiqardi. Videoaloqani rivojlantirishga bo‘lgan qiziqishning navbatdagi bosqichi
faqat XX asrni 50-yillarining ikkinchi yarmida boshlandi. Shu vaqtga kelib
texnologiya ancha jadal rivojlana boshladi.
|