284
Namuna.
Har bir katakdagi to‘g‘ri javob 5 ball yoki 1-5 balgacha baholanishi
mumkin.
“Insert” metodi
Metodning maqsadi:
Mazkur metod o‘quvchilarda yangi axborotlar tizimini
qabul qilish va bilmlarni o‘zlashtirilishini engillashtirish maqsadida qo‘llaniladi,
shuningdek, bu metod o‘quvchilar uchun xotira mashqi vazifasini ham o‘taydi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
o‘qituvchi mashg‘ulotga qadar mavzuning asosiy
tushunchalari mazmuni
yoritilgan input-matnni tarqatma yoki taqdimot ko‘rinishida tayyorlaydi;
yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn ta’lim oluvchilarga tarqatiladi yoki
taqdimot ko‘rinishida namoyish etiladi;
ta’lim oluvchilar individual tarzda matn bilan tanishib chiqib, o‘z
shaxsiy
qarashlarini maxsus belgilar orqali ifodalaydilar. Matn bilan ishlashda talabalar yoki
qatnashchilarga quyidagi maxsus belgilardan foydalanish tavsiya etiladi:
Belgilar