82
• TCP portiga FTP 20 (ma’lumotlarni uzatish uchun) va 21 (boshqarish
buyruqlari uchun);
• TCP portiga SSH 22;
• UDP porti uchun DNS so‘rovlari 53;
• UDP 520 portiga RIP marshrutlarini yangilash.
Ushbu portlarni boshqarish Internet muhiti manzillarini
boshqarish tashkiloti
(IANA) tomonidan nazorat qilinadi.
Ushbu portlarni boshqarish va ularni tarmoq protokollariga biriktirilishini
quyidagi protokollar asosida ko‘rishimiz mumkin: Echo, Finger, Gopher, HTTP,
HTTPS, IMAP, IMAPS, IRC, NNTP, NTP, POP3, POPS, QOTD, RTSP, SNMP,
SSH, Telnet, XDMCP.
Transport sathi
Transport sathi protokollari ma’lumotlarni xatoliklar bilan yetkazib berish
muammosini hal qiladi (xabar qabul qiluvchiga to‘liq yetib borganini tekshiradi). Shu
bilan birgalikda ma’lumotlarni to‘g‘ri ketma-ketlikda uzatilishini kafolatlaydi.
TCP/IP stekida transport sathi protokollari ushbu ma’lumotlarni qaysi dasturlar uchun
mo‘ljallanganligini aniqlaydi.
Ushbu sathda mantiqiy avtomatik marshrutlash protokollari (IP
protokoli
orqali) tarmoq sathi protokollarining bir qismi hisoblanibnadi. Masalan, OSPF (IP ID
89).
TCP (IP ID 6) - bu “Ishonchli” ulanishdan oldin bajariladigan transport
sathining mexanizmi hisoblanib, bu ma’lumotni
ishonchli marshrutlashini
ta’minlaydi, qabul qilingan ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash, ma’lumotlar
yo‘qolgan taqdirda qayta so‘rov yuborish va ma’lumotlarni takroran yuborilishini
oldini oladi. TCP protokoli tarmoqdagi yuklamani tartibga solishga,
shuningdek
qabul qiluvchiga uzatilishida ma’lumotlarning kechikishini kamaytirishga imkon
beradi. Bundan tashqari, TCP protokoli qabul qilingan ma’lumotlarning aynan bir xil
ketma-ketlikda yuborilishini kafolatlaydi. Bu uning UDP protokolidan asosiy
afzalligi hisoblanadi.
UDP protokoli (IP ID 17) - bu paketlarni to‘liq
yetib borishini nazorat
qilmaydigan tarmoq protokoli hisoblanadi. Bundan tashqari, tarmoq paketlarini
manzilga ishonchli yetkazilishini nazoratlamaydi, shuningdek
paketlarni aralash
halda yuborilishi sababli UDP protokolini “ishonchsiz” uzatish protokoli deb ham
atashadi. Ma’lumotlarning ishonchli uzatilishini talab qiladigan dasturlar va tarmoq
xizmatlarida TCP protokolidan foydalanadi.
UDP protokolidan odatda onlayn video oqim va o‘yin
dasturlarda keng
foydalaniladi, bu yerda tarmoq paketning yo‘qolishiga yo‘l qo‘yiladi va paketga
qayta so‘rash qiyin bo‘lgan tarmoqlarda yoki so‘rovga javob beradigan dasturlarda
(DNS so‘rovlar) ulanish o‘rnatilishi ko‘proq manbalarni band qiladi.