86
tizimlarida amaliy dastur ma’lumotlarini shaffoflik bilan almashishini ta’minlab
beradi. Taqdimot sathi ma’lumotlarni formatlash va kodlash jarayonini bajaradi.
Ma’lumotlar kod ko‘rinishida formatlash dasturning o‘zi uchun mantiqiy
ma’lumotlarni qayta ishlash uchun ishlatiladi. Agar kerak bo‘lsa, bu sathda
ma’lumotlar formati boshqa bir formatiga konversiya qilishi mumkin.
Taqdimot sathi nafaqat ma’lumotlar formatlari
va dasturlar tomonidan
ishlatiladigan ma’lumotlar tuzilmalari bilan ham ishlashga javob beradi. Shunday
qilib, 6-sath ma’lumotlarni uzatishga taqdim etilishini ta’minlaydi.
Taqdimot sathini qanday ishlashini tushunish uchun ikkita o‘zaro aloqadagi
tizim mavjud deb tasavvur qilish kerak bo‘ladi. Ulardan biri ma’lumotlarni ifodalash
uchun EBCDIC kengaytirilgan ikkilik kodidan foydalanadi, masalan, bu IBM
mainframe bo‘lishi mumkin, ikkinchisi esa American
Standard Information
Interchange Code (ASCII) dan foydalanadi (aksariyat kompyuter ishlab
chiqaruvchilar foydalanadi). Agar ushbu ikkita tizim ma’lumot almashishi kerak
bo‘lsa, unda konvertatsiyani amalga oshiradigan va ikki xil format o‘rtasidagi
ma’lumotlarni tarjima qiladigan sath taqdimot sathi hisoblanadi.
Taqdimot darajasida amalga oshiriladigan yana bir funksiya - ma’lumotlarni
shifrlash, bu uzatilgan ma’lumotni ruxsatsiz qabul qiluvchilar kirishidan himoya
qilish zarur bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Ushbu muammoni hal qilish uchun
taqdimot darajasidagi jarayonlar va kodlar ma’lumotlarni o‘zgartirishni
amalga
oshirishi kerak. Ushbu darajada matnlarni siqib chiqaradigan va grafik tasvirlarni
tarmoqqa uzatilishi uchun bitli oqimlarga aylantiradigan boshqa muntazam ishlar
mavjud.
Taqdimot standartlari grafikalar qanday taqdim etilishini ham belgilaydi.
Buning uchun PICT formatidan foydalanish mumkin - dasturlar orasida QuickDraw
grafikalarini uzatish uchun ishlatiladigan rasm formati hisoblanadi.
Boshqa bir namoyish qilish formati - bu yuqori aniqlikdagi rastrli tasvirlar
uchun odatda foydalaniladigan TIFF teglangan fayl formatidir. Grafik tasvirlar uchun
ishlatilishi mumkin bo‘lgan taqdimot darajasining navbatdagi standarti Qo‘shma
Fotografik Ekspertlar Guruhi (Joint Photographic Expert Group)
tomonidan ishlab
chiqilgan standartdir; kundalik foydalanishda ushbu standart oddiygina JPEG deb
nomlanadi.
Ovoz va film taqdimotini belgilaydigan yana bir taqdimot darajasidagi
standartlar guruhi mavjud. Bunga musiqiy raqamli taqdimot uchun Musiqiy asboblar
raqamli
interfeysi
(ingl.
Musical
Instrument
Digital
Interface,
MIDI),
Cinematography Expert Group tomonidan ishlab chiqarilgan MPEG standarti,
videokliplarni kompakt-disklarga siqish va kodlash, raqamli saqlash va uzatish uchun
ishlatiladi, 5 Mbit/s
va QuickTime, Macintosh va PowerPC kompyuterlarida
ishlaydigan dasturlar uchun audio va video elementlarni tavsiflovchi standart
87
hisoblanadi.
Taqdimot sathi protokollari: AFP - Apple Filing Protocol, ICA - Independent
Computing
Architecture, LPP - Lightweight Presentation Protocol, NCP - NetWare
Core Protocol, NDR - Network Data Representation,
XDR - eXternal Data
Representation, X.25 PAD - Packet Assembler/Disassembler Protocol.