• Kanal sathi
  • Tarmoq (Internetwork) sathi




    Download 13,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet61/205
    Sana03.06.2024
    Hajmi13,06 Mb.
    #259764
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   205
    Bog'liq
    UUM VAT 2022-2023

    Tarmoq (Internetwork) sathi
     
    Dastlab tarmoq sathi ma’lumotlarni bir tarmoqdan ikkinchisiga uzatish uchun 
    mo‘ljallangan edi. Ushbu sathda routerlar ishlaydi, ular tarmoq maskasini tarmoq 
    manzilini hisoblash orqali paketlarni kerakli tarmoqqa mashrutlaydi. Bunday 
    protokolga ARPANET-dagi X.25 va IPC misol bo‘ladi. 
    Global tarmoq kontsepsiyasini ishlab chiqish bilan quyi sath protokollaridan 
    qat’iy nazar, har qanday tarmoqdan istalgan tarmoqqa ma’lumot uzatish uchun 
    qo‘shimcha imkoniyatlar kiritildi, shuningdek masofadan turib ma’lumotlar olishga 
    so‘rov berish imkoniyati, masalan, ICMP protokolida (IP protokolini ulanishni 
    tekshirish uchun ishlatiladi) va IGMP (multicast oqimlarini boshqarish uchun 
    ishlatiladi). 
    ICMP va IGMP IP protokolidan sath jihatidan tepada joylashgan bo‘ladi va 
    keyingi - transport sathiga o‘tkazilishi kerak, ammo funksional jihatdan ular tarmoq 
    sathining protokollari bo‘lib, OSI modeliga tegishli hisoblanadi. 
    IP protokoli paketlaridan belgilangan ma’lumotlarni ajratib olish uchun kodni 
    o‘z ichiga olgan keyingi sath protokolidan foydalanishni o‘z ichiga olishi mumkin. 
    Ushbu kod protokolning takrorlanmas parametri hisoblanadi.
    Kanal sathi
     
    Kanal sathi ma’lumotlar paketini fizik sathga uzatish uchun ma’lumotlarni 
    kodlash usulini tavsiflaydi (ya’ni ma’lumotlar paketining boshi va oxirini 
    belgilaydigan maxsus bit ko‘rinishidagi ketma-ketliklardan iborat bo‘ladi). Masalan, 
    tarmoq paketida ushbu paket qaysi tarmoqdagi qurilmalar uchun mo‘ljallanganligi 
    ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. 
    Kanal sathi protokollariga va standartlariga misol sifatida Ethernet, IEEE 
    802.11 WLAN, SLIP, Token Ring, ATM va MPLS keltirish mumkin. 
    Kanal sathi ba’zan 2 ta qism sathga bo‘linadi: LLC va MAC. 
    Bundan tashqari, kanal sathi ma’lumotlarni uzatish muhitini (koaksial sim, 
    o‘rama juftlik, optik tolali yoki radiokanal) fizik xususiyatlarini va ma’lumotlarni 
    uzatish ketma-ketligini maksimal masofasini (kanalni ajratish, modulyatsiya, signal 
    amplitudasi, signal chastotasi, uzatishni sinxronlashtirish usullarini va kechikish 
    vaqtini ifodalaydi) belgilab beradi. 
    Kanal sathida ma’lumotlarni ishonchli uzatish va qabul qilish uchun 
    xatolaklarni tuzatuvchi kodlash protokollari to‘plamidan foydalanish talab etadi. 
    Kanal sathida ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish jarayonida aloqa kanallaridagi 
    shovqin va xalaqitlar ta’siri asosida xatoliklarni yuzaga kelishiga olib keladi. 
    Xatolaklarni tuzatuvchi kodlash protokollaridan foydalanish esa ma’lumotlardagi 
    xatoliklarni aniqlash va to‘g‘rilashga imkon beradi. 


    84 

    Download 13,06 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   205




    Download 13,06 Mb.
    Pdf ko'rish