• 3-BOB. KOMPYUTER GRAFIKASINING GEOMETRIK PRIMITIVLARI 3.1. Poligonlar
  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish




    Download 9.03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/120
    Sana17.05.2023
    Hajmi9.03 Mb.
    #61020
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   120
    Bog'liq
    3D MODELLASHTIRISH
    Hadis ilmining paydo bo\'lishi, Mustqaillik darsi 2022, Kasblarning psixologik tasnifi va uning mohiyati, Demultiplixer, xPON, xDSL, 32-44 (1), The Little Prince by Antoine de Saint-Exupéry, 1-labaratoriya, qmb mustaqil ish rasm, Reja Davlat byudjetining mohiyati, funktsiyalari va ahamiyati D, Mavzu Kalsiy va uning inson organizmidagi ahamiyati Reja Kalsi, Karate sport turining kelib chiqish, 18-mavzu, 2.04.-Одам генетикаси maj.
    Nazorat savollari 
    1. Obyektni tasvirlashda nurlarni teskari trassirovkalash usuli 
    nimadan iborat? 
    2. Obyektni ekranga to‘g‘ri proeksiyalash usuli nimadan iborat? 
    3. Real grafik tizimlarda obyektlarni tasvirlashning qanday 
    usullaridan foydalaniladi? 
    4. Grafik tizimlardagi konveyer bosqichlarini sanab bering. 
    5. Grafik konveyerdagi xost protsessori vazifasi nimadan iborat? 
    6. Geometrik va rastr protsessorlarida qanday amallar bajariladi? 
    7. Piksel protsessorida kiruvchi va chiquvchi ma’lumotlar nima-
    lardan iborat bo‘ladi? 
    8. Kadr buferi indekslash blogi qanday vazifalarni bajaradi? 
    Tayanch iboralar: nurlarni trassirovkalash, to‘g‘ri proeksiya-
    lash, tabiiy konveyer, grafik konveyer, xost protsessor, piksel 
    protsessori. 


    35 
    3-BOB. KOMPYUTER GRAFIKASINING GEOMETRIK 
    PRIMITIVLARI 
     
    3.1. Poligonlar 
    Poligonal to‘r (ingliz tilidan polygon mesh) — bu hajmiy 
    modellashtirish va uch o‘lchovli kompyuter grafikasida ko‘pyoqli 
    obyekt shaklini aniqlaydigan uchlar, qirralar va yoqlar majmuasidir. 
    Odatda, yoqlar uchburchaklar, to‘rtburchaklar yoki boshqa oddiy 
    qavariq ko‘pburchaklar (poligonlar) bo‘ladi va bu esa renderlashni 
    soddalashtiradi, biroq to‘r umuman olganda bukilgan ko‘pburchak 
    yoki teshikchali ko‘pburchaklardan ham tashkil topgan bo‘lishi 
    mumkin. Bu yerda renderlash (ingl. Rendering – “Vizualizatsiya”) – 
    kompyuter dasturlari yordamida model bo‘yicha tasvirni olish 
    jarayonini belgilovchi kompyuter grafikasi atamasidir. 
    Poligonal to‘r haqidagi ta’limot – bu kompyuter grafikasi va 
    geometrik modellashtirishning katta qismi hisoblanadi. To‘rlar 
    ustida amalga oshiriladigan ko‘pgina amallar bul algebrasi, 
    silliqlash, soddalashtirish va shu kabilarni o‘z ichiga oladi. 
    Poligonal to‘rning har xil ko‘rinishlari turli maqsadlar va ilovalar 
    uchun foydalaniladi. Poligonal to‘rlarni tarmoqlar orqali uzatish 
    uchun “oqimli” va “progressiv” to‘r kabi tarmoq tasvirlaridan 
    foydalaniladi. Poligonal to‘r faqat sirtni aniq tasvirlasi, hajmiy 
    to‘rlar poligonaldan farqli holda, ham sirtni, ham hajmiy tuzilishni 
    aniq tasvirlashga imkon beradi. Poligonal to‘r kompyuter 
    grafikasida keng qo‘llaniladi va ular uchun nurlarning 
    yo‘nalishlarini belgilash (trassirovka), to‘qnashuvlarni aniqlash, 
    qattiq jismlar dinamikasi kabi algoritmlari aniqlangan. 
    Poligonal to‘rning matematik ekvivalenti – strukturalash-
    tirilmagan to‘r kombinatoriya geometriyasi usullari bilan 
    o‘rganiladi. 

    Download 9.03 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   120




    Download 9.03 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish

    Download 9.03 Mb.
    Pdf ko'rish