Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish




Download 9.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/120
Sana17.05.2023
Hajmi9.03 Mb.
#61020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
Bog'liq
3D MODELLASHTIRISH
Hadis ilmining paydo bo\'lishi, Mustqaillik darsi 2022, Kasblarning psixologik tasnifi va uning mohiyati, Demultiplixer, xPON, xDSL, 32-44 (1), The Little Prince by Antoine de Saint-Exupéry, 1-labaratoriya, qmb mustaqil ish rasm, Reja Davlat byudjetining mohiyati, funktsiyalari va ahamiyati D, Mavzu Kalsiy va uning inson organizmidagi ahamiyati Reja Kalsi, Karate sport turining kelib chiqish, 18-mavzu, 2.04.-Одам генетикаси maj.
UO‘K: 004 
KBK 32.81 
TAQRIZCHILAR: 
T.Nurmuhamedov – 
TTYMI “Temir yo‘l transportida axborot tizimlari” 
kafedrasi professori, t.f.d; 
N.Ravshanov – 
Dasturiy mahsulotlar va apparat dasturiy majmualar 
yaratish markazi laboratoriya mudiri, t.f.d; 
Q.Rahmonov – 
TATU “Informatika asoslari” kafedrasi mudiri, t.f.n. 
 
ISBN 978–9943–5033‒0‒4 
 
© «Aloqachi» nashriyoti, 2017.



 



 
KIRISH 
Bugungi kun talablari va zamonaviy sanoat ehtiyojlaridan kelib 
chiqgan holda, “3D modellashtirish va raqamli animatsiya” fani 
ko‘pgina sohalar bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, ushbu sohalardagi 
jarayonlarning kechishini bevosita uch o‘lchovli modellarni qurish 
va ularni animatsiya ko‘rinishida kuzatuvchilarga taqdim etishlar 
sababli unga bo‘lgan talab tobora o‘shib borayotganligini kuzatish 
mumkin.
Ma’lumki, axborot almashinuvida insonning ko‘rish sezgi 
organi yordamida qabul qilingan axborot eng samarali qabul qilinadi 
va u xotirada ham chuqur iz qoldiradi. Jumladan, tovush vositasida 
berilgan axborot ham ijobiy ta’sir etadi. Ammo axborot almashinuvi 
nafaqat so‘zlar va tovushlar, balki tasvirlar, ranglar, shakllar va 
dinamik harakatlar bilan ham amalga oshiriladi. Buning yorqin 
dalili ommaviy axborot vositasi bo‘lgan televideniya orqali 
uzatilayotgan turli xildagi kinolar, multfilmlar, kliplar va boshqa 
ijtimoiy-madaniy ko‘rsatuvlar uchun uch o‘lchovli kompyuter 
dasturlari muhitida yaratilgan sahna va personajlar, ularning 
harakatlarini keltirishimiz mumkin. Shuningdek, ko‘pgina ilmiy 
tadqiqot obyektlari ustida ish olib borish va olinadigan natijalar ham 
kompyuterli modellashtirishlarga asoslanadi. Albatta, ushbu ishlar 
zamirida yurtimiz iqtisodiyotini ichki va tashqi bozorda yanada 
mustahkamlash va xalq farovonligi ta’minlash uchun o‘zining 
intellektual qobiliyatlarini namoyon etadigan yuksak malakali 
mutaxassis kadrlar tayyorlash kabi vazifalarga bog‘liq ravishda oliy 
ta’lim muassasasining ilmiy salohiyati va moddiy-texnik 
ta’minlanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-
texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar 
tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 
2011 yil 20 maydagi PQ–1533-son qarori hamda “Axborot-
kommunikasiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini 
yana takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013 yil 26 



martdagi PQ–1942-son qarori, shuningdek, “2011–2016 yillarda 
oliy 
ta’lim 
muassasalarining 
moddiy-texnika 
bazasini 
modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan 
yaxshilash Dasturi” oliy ta’lim sohasida qator yo‘nalishlar bo‘yicha 
faoliyat ko‘rsatish va ta’lim mazmunini takomillashtirishni talab 
etdi. Jumladan, o‘quv va ilmiy laboratoriyalarni lingafon kabinetlari 
hamda ulardagi ilmiy asbob-uskunlari, jihozlari zamon talabiga mos 
ravishda yangilanishini jadallashtirish, fanning eng ilg‘or yutuqlari 
bilan boyitilgan o‘quv adabiyotlari, zamonaviy kompyuter 
texnologiyalarining texnik va dasturiy vositalari bilan ta’minlash, 
axborot resurs markazlarining avtomatlashtirilishi va Internet 
tarmog‘iga chiqish imkoniyatini yaratish kabi vazifalar belgilangan. 
Hozirgi kunda ushbu vazifalarga bog‘liq ravishda respublikada 
zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida yangi 
o‘quv adabiyotlarni yaratish, axborot resurs markazlariga 
joylashtirish va ulardan samarali foydalanishni rivojlantirishga 
alohida e‘tibor qaratilayotganini ko‘rish mumkin.
Ushbu vazifalarga bog‘liq ravishda mazkur o‘quv qo‘llanma 
yurtimiz oliy ta’lim tizimidagi bakalavr bosqichida o‘qitiladigan 
“3D modellashtirish va raqamli animatsiya” o‘quv fani mazmunini 
yoritishga bag‘ishlangan. 3D modellashtirish va raqamli 
animatsiyaning qo‘llanish ko‘lami juda ham keng bo‘lib, avvalom 
bor ushbu sohani vizualligi va ixtiyoriy vaqtda o‘zgartirishlar 
kiritish imkoniyati diqqatga sazovordir. Kompyuter grafikasini har 
xil – matematik, algoritmik, dasturiy, texnik vositalar majmuasi 
tashkil etadi. Boshqacha aytganda, bu puxta ilmiy shu jumladan 
matematik bazaga ega fanlar kompleksidir. Gap shundaki, tasvir 
monitor 
ekranida 
paydo 
bo‘lishidan 
avval 
bir 
qator 
almashtirishlardan o‘tadi va har bir bosqichda o‘zining usul va 
algoritmlari qo‘llaniladi. Ayrim bosqichlar obyektning geometrik 
xarakteristikalari bilan ishlaydi. Bu xarakteristikalar nafaqat 
obyektning shakli va harakatini ifodalashda, balki uning 
yoritilganlik jarayonini modellashtirishda ham hisobga olinadi. 
Obyekt geometriyasi bilan ishlash uchun geometrik modellashtirish 
apparatidan foydalaniladi, va o‘lchamlari bilan berilgan geometrik 
obyektni matematik modellashtirishdir. Geometrik obyektlarni 
tasvirlashda uning shaklidan tashqari o‘zini tutishini ham hisobga 



olish kerak: uchta koordinata o‘qlariga nisbatan (oltita erkinlik 
darajasi) ko‘chishi va burilishi hamda metamarfoza (rivojlanish 
natijasida boshqa ko‘rinishga o‘tishi, boshqa tusga kirish) 
jarayonida geometrik xarakteristikalarini o‘zgartirishi kabilarni. 
Ko‘chish va burish nafaqat harakatni tasvirlash uchun kerak, balki 
ular yordamida sodda tashkil etuvchilar – primitivlardan murakkab 
obyektlar yig‘iladi. Fazoviy obyektlarning obrazini ekran 
tekisligida (3D→2D) hosil qilish uchun yana bir geometrik 
almashtirish – proeksiyalash qo‘llaniladi. 
Geometrik obyektlar nafaqat geometrik xarakterlanadi, balki 
vizual xossalari – rangi, teksturasi, yorqinligi bilan ham 
xarakterlanadi. Ushbu qo‘llanmada bu xossalar mufassal 
qaralmaydi. Asosiy e’tibor tekis poligonlar, ikkinchi tartibli sirtlar 
va bikubik splaynlar asosidagi sirt modellari ko‘rinishida 
ifodalangan grafik obyektlarining matematik tavsiflashga qaratiladi.
Tarkibiy sirtlarni tasvirlash va ular harakatini modellashtirish uchun 
zarur bo‘lgan geometrik almashtirishlar haqidagi ma’lumotlar 
qo‘llanmada o‘z aksini topgan.
Keltirilgan nazariy ma’lumotlar asosida real obyektlarni 
yaratish uch o‘lchovli grafika sohasida keng tarqalgan amaliy 
dasturiy vositalardan biri hisoblangan 3D Studio Max muhitida aniq 
misollar orqali qarab chiqilgan. Shuningdek, 3D Studio Max 
dasturining asosiy buyruqlari, standart obyektlari, modifikatorlari, 
materiallari, yorug‘lik va kameralar bilan ishlash, obyektlarni 
animatsiyalashda kadrlar chastotasi almashinuvi, to‘g‘ri va teskari 
kinematika, obyektlarni bog‘lanishi va zanjiri haqida batafsil 
ma’lumotlar keltirilgan. Qo‘llanma materiallari murakkablik 
darajasining ortishi tartibida tuzilgan.
Ushbu o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda oxirgi yillarda 
rivojlangan davlatlar nashriyotlarida chop etilgan adabiyotlardagi 
[31, 32, 33, 34, 35] manbalardan keng foydalanildi. 




Download 9.03 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Download 9.03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish

Download 9.03 Mb.
Pdf ko'rish