• 1.2. Uch o‘lchovli obyektlar matematik modellarini tasniflash
  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish




    Download 9.03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/120
    Sana17.05.2023
    Hajmi9.03 Mb.
    #61020
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
    Bog'liq
    3D MODELLASHTIRISH
    Hadis ilmining paydo bo\'lishi, Mustqaillik darsi 2022, Kasblarning psixologik tasnifi va uning mohiyati, Demultiplixer, xPON, xDSL, 32-44 (1), The Little Prince by Antoine de Saint-Exupéry, 1-labaratoriya, qmb mustaqil ish rasm, Reja Davlat byudjetining mohiyati, funktsiyalari va ahamiyati D, Mavzu Kalsiy va uning inson organizmidagi ahamiyati Reja Kalsi, Karate sport turining kelib chiqish, 18-mavzu, 2.04.-Одам генетикаси maj.
    Nazorat savollari 
    1. Obyektning geometrik modeli deb nimaga aytiladi? 
    2. Obyektning axborot modelida qanday ma’lumotlar beriladi? 
    3. Vizual-holat axborot modeli qaerda shakllantiriladi? 
    4. Obyektning matematik modeli nima? 
    5. Model olami va sahna deganda nima tushiniladi? 
    6. Primitiv nima? 
    7. Geometrik va grafik primitiv orasidagi farq nimadan iborat? 
     
    Tayanch iboralar: obyekt topologiyasi, tekstura, geometrik 
    model, obyektning axborot modeli, matematik model, sahna modeli. 
    1.2. Uch o‘lchovli obyektlar matematik modellarini tasniflash 
    Uch o‘lchovli modellashtirish modellarining o‘ziga xosligi 
    fazo ichkarisi va obyektlarning fazoviy shakli hissiyotini berish 
    zarurligidir. Model qurishda real kartinaning sintez qilingan tasviri 
    o‘xshashligi talab qilinadigan darajasi muhim rol o‘ynaydi. Uchta 
    bunday daraja farqlanadi [4]: fizik, fiziologik, psixologik 
    o‘xshashlik. 
    Fizik o‘xshashlik darajasida model qurishda real kartina 
    xarakteristikalariga 
    sintez 
    qilingan 
    tasvir 
    xarakteristikalari 
    geometrik nuqtai nazardan qaraganda to‘liq mos kelishi talab 
    qilinadi. Misol uchun, choynik ko‘rinishidagi obyektni tasvirlash 
    uchun, reallikka mos keladigan murakkab shaklli egri chiziqli 
    sirtlardan foydalanish zarur bo‘ladi. Fiziologik o‘xshashlikda model 
    va real kartina mosligi ko‘rib his qilish darajasida o‘rnatiladi. Model 
    real kartina xarakteristikasini taxminan beradi, ammo ko‘rish 
    apparati imkoniyatining chegaralanganligi tufayli kuzatuvchi paydo 
    bo‘ladigan farqlarni sezmaydi. Misol uchun, choynik modeli 
    kuzatish masofasidan ko‘z bilan farqlab bo‘lmaydigan o‘lchami 
    uncha katta bo‘lmagan tekis sohalar majmuasidan tashkil topadi. 
    Oxirgisi, psixologik o‘xshashlikda, model o‘z xarakteristikasi bilan 


    10 
    real kartinadan tubdan farq qilgani holda kuzatuvchiga unga 
    o‘xshash ko‘rinish hissini beradi. Misol uchun, choynik tekislikda 
    yaxshi “bo‘yash” modelida berilgan, biroq uni qarama-qarshi 
    tomondan ko‘rish mumkin bo‘lmaydi. Interaktiv kompyuter 
    grafikasida real kartina sintez qilingan obyektni fiziologik 
    o‘xshashligi (ikkinchi darajali o‘xshashlik)dan foydalaniladi. U uch 
    o‘lchovli olam qonuniyatlarini ishonchli aks ettiruvchi modellar 
    qurishga va kerakli vaqtda mumkin bo‘lgan soddalashtirishlar 
    asosida ma’qul sarf-xarajatlar bilan uni amalga oshirishga imkon 
    beradi. 
    Fazoviy obyektlarni modellashtirish uchun qo‘llaniladigan 
    usullarni tahlil qilib, kompyuter grafikasi matematik modellarini 
    qisqacha obzorini ko‘raylik. Obzorni obyektni tasvirlashdagi chekli 
    sondagi mantiqiy bir-birini inkor qilmaydigan belgilar asosida 
    keltiramiz. Modellar tamoyili 1.1-rasmda keltirilgan. 
    Birinchidan obyekt modellarini obyektlar konfiguratsiyasi 
    tavsifi to‘laligiga bog‘liq bo‘lgan topologik xossalari bo‘yicha 
    farqlash lozim. Shuning uchun, belgilarni qattiq jism, sirt, karkas va 
    nuqtaviy modellarga ajratish mumkin. Qattiq jism modellari 
    uzluksiz jism ko‘rinishidagi obyektlarni, ya’ni obyekt egallab turgan 
    fazoning barcha nuqtalarining yaxlitligi ko‘rinishidagi hajmiy jismni 
    ifodalaydi. Sirt modellari fazoning obyekt sirtiga tegishli barcha 
    nuqtalari haqidagi axborotlarni o‘zida mujassam etadi, uning 
    ichidagi nuqtalar esa hisobga olinmaydi. Karkas modeli ham faqat 
    obyekt sirti haqidagi tasavvurni beradi, biroq sirtni unga tegishli 
    bo‘lgan karkasning diskret elementlari – nuqta yoki chiziqlar 
    kombinatsiyasi ko‘rinishida ifodalaydi. Bunda sirtning karkas 
    elementlari orasidagi nuqtalari haqidagi ma’lumot mavjud 
    bo‘lmaydi. Nuqtaviy obyektlarni ifodalash uchun nuqtaviy model 
    deb ataluvchi model kiritilgan. Ular faqatgina obyektning joylashuvi 
    haqidagi geometrik axborotni beradi (fazoda obyekt joylashgan 
    nuqtaning koordinatasi). 
    Modelning tuzilishi va murakkabligiga primitivlarni tanlash 
    muhim rol o‘ynaydi. Tashqi ko‘rinish, demak primitivlarning tas-
    virlash imkoniyati ularni ifodalovchi funksiya (ko‘phad) darajasiga 
    bog‘liq. Bu belgini modellarni uni tashkil qilgan primitivlar shakli 
    bo‘yicha tasniflash uchun qo‘llash mumkin. Primitivlari nolinchi


    11 
    birinchi va yuqori darajali ifodaga ega modellarni ajratib ko‘rsatish 
    mumkin.
    1.1-rasm. Fazoviy obyektlar modellari tasnifi va o‘zaro aloqalari. 
    Nolinchi darajali ifoda nuqta uchun xarakterlidir. Yetarli 
    darajadagi zichlikda berilgan nuqtalar majmuasi bilan ixtiyoriy 
    murakkablikdagi va shakldagi sirtni hosil qilish mumkin. Fazoviy 
    elementlar (voksellar) majmuasi bilan qattiq jismli obyektlar 
    beriladi. Bunday majmua ifodasi sifatida elementlari fazoning 
    nuqtalarini obyektga tegishliligini ko‘rsatuvchi uch o‘lchovli 
    matritsa olinishi mumkin. Bunday modellar retseptorli deb ataladi. 
    Birinchi darajali ko‘phad argumentlar soniga qarab fazoda to‘g‘ri 
    chiziqni yoki tekislikni ifodalaydi. To‘g‘ri chiziq kesmalari karkasli 
    modelda, tekislik sohalari esa sirtli modellarda obyekt sirtlarini 
    ifodalash uchun ishlatiladi. Qattiq jismli modellarda tekisliklar bilan 
    chegaralangan yarim fazolar primitivlar bo‘lib xizmat qilishi 
    mumkin. Karkas modellarda egri chiziqlar, sirtli modellarda egri 
    chiziqli sirtlar, qattiq jismli modellarda – egri chiziqli sirt bilan 
    chegaralangan fazoning qismi primitiv bo‘lishi mumkin. 
    Aks ettirilayotgan obyektlar kamdan-kam hollarda bitta 
    primitivdan iborat bo‘ladi, ular odatda murakkab shaklli bo‘ladi. 
    Har xil murakkablikdagi obyektlarni har xil ifodalashga to‘g‘ri 
    keladi. Obyektlarni modelda qabul qilingan ifodalash shakllari 
    Fazoviy obyektlar modellarining tasniflari 

    Download 9.03 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




    Download 9.03 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish

    Download 9.03 Mb.
    Pdf ko'rish