Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish




Download 9.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/120
Sana17.05.2023
Hajmi9.03 Mb.
#61020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
Bog'liq
3D MODELLASHTIRISH
Hadis ilmining paydo bo\'lishi, Mustqaillik darsi 2022, Kasblarning psixologik tasnifi va uning mohiyati, Demultiplixer, xPON, xDSL, 32-44 (1), The Little Prince by Antoine de Saint-Exupéry, 1-labaratoriya, qmb mustaqil ish rasm, Reja Davlat byudjetining mohiyati, funktsiyalari va ahamiyati D, Mavzu Kalsiy va uning inson organizmidagi ahamiyati Reja Kalsi, Karate sport turining kelib chiqish, 18-mavzu, 2.04.-Одам генетикаси maj.
 


13 
 
2-BOB. UCH O‘LCHOVLI OBYEKTLARNI TASVIRLASH 
JARAYONLARI 
 
2.1. Tasvirlash jarayoni bosqichlari 
Tasvirlash jarayonini keng ma’noda tushinilsa, uni ikki bos-
qichga ajratish mumkin: tayyorlov bosqichi va renderlash bosqichi. 
Tayyorlov bosqichida sahnadagi obyektlar tavsifi tuziladi, kodlanadi 
va grafik tizimga kiritiladi, ya’ni ularning matematik modeli 
tuziladi. Modellarni tanlash yuqorida (1.2) keltirilgan yondashuvlar 
asosida amalga oshiriladi. Renderlash bosqichida obyekt tavsifi aniq 
algoritm asosida tasvirga aylantiriladi. Tasvirlashning birinchi 
bosqichida obyektning sahnada joylashuvi va tashqi ko‘rinishi 
kiritiladi, ikkinchi bosqichda esa ularning xususiyatlari beriladi. Bu 
xususiyatlar qator grafik almashtirishlar yordamida ifodalanadi. 
Almashtirishlarning modelli, tasviriy va rastrli turlarini aytib 
o‘tish joyiz. Modelli almashtirish barcha obyektlarga asoslanadi va 
ularning sahnadagi holati o‘zgarishini ifodalaydi. Tasviriy almash-
tirish kuzatuvchi koordinalar sistemasida obyektlar va primitivlar 
tasvirini ko‘chirish, hamda fazoviy obyektlarning kartina (ekran) 
tekisligida tekis proeksiyasini shakllantirish bilan bog‘liq. Rastr 
almashtirishlari yordamida displey ekranida obyektning uskuna 
koordinatalar sistemasi rastr panjarasiga bog‘langan real ko‘rinishi 
olinadi. 
Shunday qilib, tasvirlanayotgan obyektlar o‘zini almashtirish-
larining har xil qadamlarida turli koordinatalar sistemasida ifo-
dalanadilar. 
Yer 
shari 
koordinatalar 
sistemasi 
geografik 
koordinataga bog‘langan, tasviriy koordinalar sistemasi esa 
kuzatuvchi holatiga bog‘liq. Ularda sahna obyektlari dinamikasi 
yaxlitligicha 
ifodalanadi. 
Obyektlar 
tuzilishini 
obyektlar 
o‘zgarishsiz qoladigan obyekt koordinatalar sistemasida ifodalash 
qulay bo‘ladi. Agarda har xil obyektlar bir xil primitivlardan 
tuzilayotgan bo‘lsa, u holda bu primitivlarning o‘zlarini o‘zlarining 
koordinatalar sistemasida – primitivlar koordinatalar sistemasida 


14 
ifodalagan maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu koordinalar sistemasiga 
tekstura koordinatalar sistemasi bog‘langan bo‘ladi (yoki mos 
tushadi). Tekstura koordinalar sistemasida primitiv yuzasi bo‘ylab 
rang yorqinligi taqsimoti ifodalanadi. Sanab o‘tilgan koordinatalar 
sistemalari tasvirlashning texnik vositalari xususiyatlariga bog‘liq 
bo‘lmaydi. Bu xususiyatlar uskuna koordinatalar sistemasida 
hisobga olinadi. 

Download 9.03 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Download 9.03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish

Download 9.03 Mb.
Pdf ko'rish