-BOB. KOMPYUTER GRAFIKASIDA OBYEKTLAR VA




Download 9.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/120
Sana17.05.2023
Hajmi9.03 Mb.
#61020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
Bog'liq
3D MODELLASHTIRISH
Hadis ilmining paydo bo\'lishi, Mustqaillik darsi 2022, Kasblarning psixologik tasnifi va uning mohiyati, Demultiplixer, xPON, xDSL, 32-44 (1), The Little Prince by Antoine de Saint-Exupéry, 1-labaratoriya, qmb mustaqil ish rasm, Reja Davlat byudjetining mohiyati, funktsiyalari va ahamiyati D, Mavzu Kalsiy va uning inson organizmidagi ahamiyati Reja Kalsi, Karate sport turining kelib chiqish, 18-mavzu, 2.04.-Одам генетикаси maj.
 
1-BOB. KOMPYUTER GRAFIKASIDA OBYEKTLAR VA 
MODELLAR 
1.1. Grafik tizimlar sohasidagi atamalar 
Obyekt tasvirini sintez qilishdan avval, grafik tizimga uning 
tuzilishi (topologiyasi), geometriyasi, teksturasi (tarkibiy tuzilishi), 
vizual xossalari va uni o‘rab turgan obyektlar orasidagi 
munosabatlar (fazodagi joylashuvi) haqidagi ma’lumotlarni kiritish 
kerak bo‘ladi. Bu ma’lumotlar obyektning geometrik modelini 
tashkil etadi. Qat’iy aytganda, model qurish jarayoni bir qancha 
bosqichlarda amalga oshiriladi, modelning o‘zi esa ierarxik 
tuzilishga ega va bu ierarxiyaning har xil darajasida (tasvirlash 
jarayonining har xil bosqichlarida) u modellashtirish tilining har xil 
konstruksiyalarida ifodalanadi.
Avvalambor, akslantirish mohiyatini formallashtirib olish 
kerak. Abstraksiya qilish yo‘li bilan ularning ichki tuzilishi va 
o‘zaro aloqalaridan ular tashqi ko‘rinishi va holati haqidagi 
tasavvurlarni shakllantirib olinadi. Bunday tasavvurlarni vizual-
holat axborot modeli deb atash mumkin. Ular asosan yaratuvchi 
mutaxassis 
tafakkurida 
shakllanadi. 
Keyingi 
qadamda 
akslantirilayotgan obyektni approksimatsiya va akslantirish amali 
yordamida qaralayotgan masala uchun muhim bo‘lmagan 
elementlari olib tashlanadi va tizim hajmiy o‘lchami 
indeksatsiyasiga keltiriladi. Hajmiy tasvir deb ataluvchi axborot 
modeli paydo bo‘ladi. U rasm, chizma shaklida bo‘lishi mumkin. 
Hajmiy tasvirni qurish qonuniyati matematika tilida ifodalanadi, 
natijada obyektning matematik modeli paydo bo‘ladi. U bir nechta 
doimiy tashkil etuvchilardan iborat bo‘ladi: bular obyekt tuzilishi, 
ularni tashkil etgan primitivlar va atributlar, teksturasi kabilardir. 
Ularning mazmuni kirish tili vositasida grafik ma’lumotlar bazasi 
tashkil qilinib unga kiritiladi. Tasvirlash jarayonida obyektlar shakli 
va ularning tashqi ko‘rinishi o‘zgarmaydi va ularga mos matematik 
modellar ham o‘zgarmaydi. Biroq obyekt va uning atrofidagilar 



orasidagi munosabatlar sezilarli darajadagi o‘zgarishlarga uchrashi 
mumkin: obyektning sahnadagi joylashish o‘rni, orientatsiyasi, 
yoritilganlik intensivligi va boshqa parametrlari har xil qiymatlarni 
qabul qilishi mumkin. Shunga o‘xshash parametrlar haqidagi 
ma’lumotlar ham obyektning matematik modeliga taalluqli bo‘ladi 
va uning yana bir tashkil etuvchisini – sahnaviy tashkil etuvchisini 
hosil qiladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan matematik modelning tashkil etuv-
chilari aks ettirilayotgan obyektga har xil darajadagi ierarxiyada 
tegishli bo‘ladi: sahnaga, obyektga, primitivlarga. Kompyuter 
grafikasida qo‘llaniladigan modellashtirish tili funksiyalari 
aniqlangan fazoning sohasi model olami deb atalishi mumkin. 
Grafik tizimlarda mavjud real olam – fizik va texnik obyektlar emas, 
balki model olam mavjudligi, ya’ni real mavjudotning modeli 
akslantiriladi. Boshqacha aytganda, olam – bu grafik tizimda 
o‘zining modeli bilan berilib, tasvirlari chiqarish maydonida parallel 
yoki vaqtga nisbatan ketma-ket aks ettiriluvchi obyektlar 
majmuasidir.
Sahna – bu model olamining qismi bo‘lib, o‘zining modeli 
bilan beriladigan va aks ettirish masalasida yetakchi hisoblanuvchi 
obyektlar majmuasidir. Sahnani tavsifini bir vaqtda grafik 
ma’lumotlar bazasidan olinadigan aks ettiriluvchi obyektlar 
majmuasi deb atash mumkin.
Sahna grafik obyektlardan tashkil topadi. Obyekt deb 
qaralayotgan 
masala 
yechimi 
nuqta 
nazaridan 
funksional 
umumiyligi bo‘yicha birlashtirilgan model fazosining nuqtalari 
majmuasiga aytiladi. Obyekt ta’rifiga primitivlar jihatidan 
yondashish mumkin: obyekt – bu bitta nom bilan ataluvchi va 
yagona vizual xossa bilan xarakterlanuvchi primitivlar majmuasidir. 
Primitiv tushunchasi qarashlarning ikki asosiy jihatiga ega. 
Birinchidan, primitiv murakkab obyektlarni tasvirlashda “qurilish 
g‘ishti” bo‘lib xizmat qiladi, ikkinchidan, grafik tizim apparati yoki 
protsedurasi shakllantiradigan sodda tasvir. Shuning uchun, 
geometrik va grafik primitivlarni farqlash talab qilinadi. Geometrik 
primitiv – bu obyektlarni qurish uchun ishlatiladigan formal tavsifga 
ega sodda geometrik shakllar (nuqta, vektor, sirt yoki hajmiy 
jism)dir. Grafik primitiv – bu sodda tasvir bo‘lib, ularni 



shakllantirish uchun grafik tizim maxsus apparat blokka ega. Har xil 
grafik tizimlarda grafik primitiv sifatida nuqta, vektor, trapetsiya va 
boshqa shakldagi tasvirlar kiritilgan. 

Download 9.03 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Download 9.03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-BOB. KOMPYUTER GRAFIKASIDA OBYEKTLAR VA

Download 9.03 Mb.
Pdf ko'rish