• 2.27-rasmda
  • Fotorezistorlar
  • Lampali fotoelementlarning tuzilishi, ishlash tartibi, asosiy tavsiflari va parametrlari




    Download 237,69 Kb.
    bet2/5
    Sana10.12.2023
    Hajmi237,69 Kb.
    #114863
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Fotoelektron asboblar (2)
    Matematika o\'qitish metodikasi, Abdullayev Sanjarbek, Aktiv va reaktiv qarshiliklarni ketma ket va parallel ulash usullari, KIBERXAVFSIZLIKGA OID HUJJATLAR, MUHAMMADAZIZ, YARIM O\'TKAZGICHLAR, o\'zgarmas tok zanjirlari va ularni hisoblash (2), Aktiv va reaktiv qarshiliklarni ketma ket va parallel ulash usullari, O\'zgarmas tok zanjirlari va ularni tavsiflovchi kattaliklar, 2 labaratoriya, Clayton (The Wildflower Series - Rac e Mills-PDFConverted, BANK MACHINES, 24-Muammoli o‘qitish texnologiyalari va ulardan “internet texnologiyalari” mavzusini o‘qitish jarayonida foydalanish metodikasi., 12-YANGI INNOVASION TEXNOLOGIYALARNI INFORMATIK TA\'LIM TIZIMIGA JORIY ETISH YO‘LLARI TAXLILI.
    Lampali fotoelementlarning tuzilishi, ishlash tartibi, asosiy tavsiflari va parametrlari

    Elektrovakuumli fotoelement shisha ballon bo‘lib, unda 10-6 mm simob ust. atrofida bosimli vakuum hosil qilingan va unga ikkita elektrod — fotokatod K va anod A joylashtirilgan. Shisha ballon ichki yuzasining yarmiga, ya’ni ichki yarimsferaga katod qo‘yiladi. Katod materiali sifatida kislorod bilan aktivlashtirilgan seziy ishlatiladi, ba’zida surmali-seziyli katod (SbCs3) tayyorlanadi.


    Katodning uchini shisha ballonning yon qismida joylashtiriladi. Elektrovakuum fotoelementlarning volt-amper tavsiflari If = f (Ua) shuni ko‘rsatadiki, fototok boshida kuchlanishning ko‘payishi bilan tez o‘sib boradi, so‘ng yorug‘lik oqimi F-const bo‘lganda, deyarli o‘zgarishsiz qoladi.
    Buni quyidagicha tushuntirish mumkin (2.26- rasm).


    Тo‘yingan kuchlanish sodir bo‘lganda, fotokatod bilan nurlanuvchi barcha elektronlar anod yuzasiga yetadi va keying tokning juda kichik o‘sishi kuchlanishning o‘sishi bilan elektrostatik





    emissiyaning ta’siriga asosan sodir bo‘ladi. Yorug‘lik oqimining o‘sishi bilan (F3>F2>F1) volt-amper tavsifi yuqoriga ko‘tarila boradi, chunki vaqtning birligida fotokatod bilan nurlangan elektronlarning soni ko‘payib boradi. Fotoelementlar signalizatsiya sxemalarida, fototelegraflarda, ovozli kinolarda ishlatiladi. 2.27-rasmda fotoeffektli fotoelementlarning xarakteristikasi keltirilgan.



    Fotoelektron ko‘paytirgichlar
    Fotoelektron ko‘paytirgich tashqi fotoeffektli elektrovakuum fotoelementlarning xili hisoblanadi. Fotoelektron ko‘paytirgichlar rus injeneri L.A.Kubetskiy tomonidan 1930-yilda ixtiro qilingan.



    Fotoelektron ko‘paytirgich deb, shunday fotoeffektli fotoelementga aytiladiki, unda fototok kuchayishi ikkilamchi elektron emissiyadan foydalanish yo‘li bilan amalga oshiriladi (2.28-rasm). Fotoelektron ko‘paytirgichlarning kamchiligi vaqt o‘tishi bilan sezgirligining pasayishi (qarishi) hisoblanadi, undan tashqari ularga katta kuchlanishli manba talab qilinadi (2300 V gacha).


    Fotorezistorlar
    Yorug‘lik ta’siri ostida elektr o‘tkazuvchanligi o‘zgaradigan asboblarga fotorezistorlar deyiladi. Fotorezistorlarda material sifatida selen, talliy, svines, vismut, kadmiy va boshqa yarimo‘tkazgichlar ishlatiladi. Yarimo‘tkazgichni yoritishda o‘tkazuvchi maydondan o‘tadigan elektronlar soni va elektr o‘tkazuvchanligi ortadi.
    Yorug‘lik tavsifi, volt-amper tavsifi, spektral tavsifi fotorezistorlarning asosiy tavsiflari hisoblanadi. Fotorezistorlar integral sezgirligining yuqoriligi sababli, ular avtomatika va telemexanikaning ba’zi bir qurilmalarida keng ishlatiladi (2.29-rasm)



    Download 237,69 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 237,69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Lampali fotoelementlarning tuzilishi, ishlash tartibi, asosiy tavsiflari va parametrlari

    Download 237,69 Kb.