-
tanlovchi (rezonans) kuchaytirgichlar juda
tor chastotalar diapazonida
kuchaytiradi.
Bitta kaskadning kuchaytirish koeffitsiyenti odatda 30 dBdan oshmaydi.
Kuchaytirishni kattalashtirish uchun ko‘p kaskadli kuchaytirgichdan foydalaniladi.
U ketma-ket ulangan bir necha kaskaddan tashkil topgan bo‘ladi.
Kaskadlarni raqamlash kirishdan boshlanadi. Birinchi kaskad
kirish kaskadi
bo‘lib, u kuchaytirgichni kirish signali manbai bilan muvofiqlashtiradi.
Kirish
signalini minimal so‘ndirish uchun u katta kirish qarshilikka ega bo‘lmog‘i lozim.