Chiqish kaskadlari haqida tushuncha.
Umumiy ma’lumotlar. Signal manbai quvvati yetarli bo‘lmaganda
yuklama
R
Yu
deb ataluvchi yuklama vazifasini bajaruvchi qurilma
normal ishlashi uchun
kuchaytirgich qurilmalardan foydalanish zarurati tug‘iladi. Akustik tizimlar,
elektron-nur
trubkalar, keyingi kuchaytirgich kaskadning kirishi va boshqalar
yuklama bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Kirish signali
manbaida yoki datchikda, turli noelektr kattaliklar elektr
signaliga birlamchi o‘zgartiriladi.
Mikrofon, detektor, fotoqabulqilgich,
avvalgi
kuchaytirgich qurilma chiqishi va boshqalar kirish signallari manbai bo‘lib xizmat
qiladi. Yuklamada hosil qilinishi zarur quvvat yordamchi kuchlanish manbaidan
(to‘g‘rilagich,
akkumulyator, batareya) olinadi. Energiyani kuchlanish manbaidan
yuklamaga uzatishda kuchaytirgich qurilma yoki kuchaytirgich «vositachilik»
qiladi.
Ideal kuchaytirgichning eng umumiy xususiyati bo’lgan kirish quvvati
P
KIR
ni
P
ChIQ
ga quyidagicha ko‘rinishda o‘zgartirishdan iborat:
kir
chiq
Р
K
P
=
Ya’ni chiqish kuchlanishi qiymati kuchaytirgich
ishlayotgan sharoitga,
xususan, yuklama qarshiligi va kirish signali manbaining ichki qarshiligiga bog‘liq
bo‘lmasligi kerak.
Bu shart ideal kuchaytirgichlardagina bajariladi. Ularning chiqishida cheksiz
quvvat ajraladi va kirishda mutlaqo energiya sarflanmaydi. Real kuchaytirgich
xususiyatlari esa ideal kuchaytirgich xususiyatlariga biroz yaqinlashadi.