|
Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti axborot texnologiyalari kafedrasi
|
bet | 10/19 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 4,73 Mb. | | #144237 |
Bog'liq Курс иши Намуна ИУТ ва ЛBitta javobli test: bu testning qiyinligi javob variantlarining ko‘pligiga bog‘liq.
Ko‘p javobli test: bu test turi yordamida bir necha ma’lumotlar yuzasidan o‘quvchi fikrini aniqlash mumkin.
“To‘g‘ri-noto‘g‘ri” ko‘rinishdagi test: bunda anketa savoli ko‘rinishiga mos test turi, javob varianti faqat ikkita bo‘ladi;
Yopiq test: bunda javob varianti o‘quvchi tomonidan kiritiladi;
O‘zaro moslik o‘rnatish: bunda bir necha savollar o‘zaro javoblari bilan birlashtiriladi;
Javoblarni tartiblash: savolning ushbu turida javob variantlari o‘zaro tartiblanadi;
Sonni kiriting: savolning javobi sifatida o‘quvchi sonni kiritishi kerak;
Bo‘sh joylarni to‘ldiring: matndagi bitta yoki bir necha bo‘sh joylarni kerakli so‘z bilan to‘ldirish talab etiladi;
Javoblari keltirilgan savol: savolning bo‘sh qismlarida javoblar variantlari keltirilgan bo‘ladi, ushbu javob variantlardan to‘g‘risini belgilash mumkin.
So‘zlar banki: Matnning bo‘sh joylariga berilgan so‘zlardan keraklilarini tanlab joylashtiriladi. Savolni qiyinlashtirish uchun so‘zlar sonini bo‘sh joylar sonidan ko‘paytirish mumkin.
Faol hududni aniqlovchi savol: Savolda rasmdagi qaysidir maydonni belgilash vazifasi joylashtirilgan bo‘lib, ushbu rasmdagi hudud o‘quvchi tomonidan javob berish jarayonida tanlanadi.
ISpring QuizMaker dasturi yordamida testlar yaratish. Informatika va axborot tehnologiyalari fani misolida.
iSpring QuizMaker modulini ishga tushirish quyidagicha amalga oshiriladi: PUSK → Vse programmы → iSpring Suite → iSpring QuizMaker (8-rasm).
8-rasm. ISpring Quiz Maker modulini ishga tushirish
Yuqorida sanab o‘tilgan test turlarini yaratish ketma-ketligi quyidagicha amalga oshiriladi:
|
| |