|
Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti axborot texnologiyalari kafedrasi
|
bet | 11/19 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 4,73 Mb. | | #144237 |
Bog'liq Курс иши Намуна ИУТ ва ЛBitta javobli test: bu test turida javob variantlarini keraklicha “Добавить” tugmasi yordamida ko‘paytirish mumkin. Savolga tasvir, ovozli fayl va video fayl qo‘shish, javob variantlariga tasvirli fayllarni ilova qilish mumkin. “Удалить” tugmasi yordamida javob variantlarini o‘chirish mumkin (9-rasm).
9-rasm. Bitta javobli test savoli interfeysi
Ko‘p javobli test: bunda savolga tegishli bir yoki bir necha javob variantini belgilash mumkin. Bu test turida ham javob variantlarini keraklicha “Добавить” tugmasi yordamida ko‘paytirish mumkin. Savolga tasvir, ovozli fayl va video fayl qo‘shish, javob variantlariga tasvirli fayllarni ilova qilish mumkin. “ Удалить ” tugmasi yordamida javob variantlarini o‘chirish mumkin (10-rasm).
10-rasm. Ko‘p javobli test savoli interfeysi
“To‘g‘ri-noto‘g‘ri” ko‘rinishdagi test: Bu savol turida javob faqat “to‘g‘ri” yoki “notog‘ri” bo‘lishi mumkin, ya’ni boshqa javob variantlarini qo‘shib bo‘lmaydi. (11-rasm)
11-rasm. “To‘g‘ri-noto‘g‘ri” ko‘rinishdagi test ko‘rinishidagi savol interfeysi
Yopiq test: Bu test turida javob variantini test topshiruvchi klaviaturadan kiritadi. Ammo tuzuvchi barcha kiritilishi mumkin bo‘lgan javob variantlarini avvaldan kiritib qo‘yishi kerak. Javob variantiga tasvir qo‘shish mumkin emas.(12-rasm)
12-rasm. YOpiq test ko‘rinishidagi savol interfeysi
O‘zaro moslik o‘rnatish: Juda qiziq test turi hisoblanib, bir savolning o‘zida bir necha savollar banki yig‘ilgan bo‘ladi. (13 rasm)
13-rasm. O‘zaro moslik o‘rnatish ko‘rinishdagi savol interfeysi
Javoblarni tartiblash: Tartibsiz holda berilgan javoblarni to‘g‘ri tartibda yozish kerak bo‘lgan holda ushbu test turidan foydalaniladi. (14-rasm)
14-rasm.Javoblarni tartiblash ko‘rinishdagi savol interfeysi
Sonni kiriting: Sonli ko‘rinishdagi javob berilishi kerak bo‘lgan savollar uchun ushbu test turidan foydalaniladi. Bunda javobda ma’lum sondan katta, kichik, katta yoki teng, kichik yoki teng, teng emas kabi variantlardan foydalanish mumkin.
|
| |