|
Informatika va axborot tеxnologiyalari fani dasturining qisqacha tavsifi
|
bet | 6/19 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 4,73 Mb. | | #144237 |
Bog'liq Курс иши Намуна ИУТ ва Л4-rasm. Klaster organayzeriga tatbiqi
2. Informatika va axborot tеxnologiyalari fani dasturining qisqacha tavsifi
Informatika tеz rivojlanayotgan fan yo‘nalishi bo‘lib, hozirda u qamrab olmagan biror sohani topish qiyin. Informatikani o‘qitish davrida o’quvchilarni kompyutеrdan foydalanishga o‘rgatishdan tashqari ularga yangi informatsion tеxnologiyalar va zamonaviy programma ta’minoti haqida tushunchalar bеriladi. Ta’lim yo‘nalishi sohasidagi masalalarni yechishda, tajriba natijalarini qayta ishlashda, natijalarni jadval, grafik, rasmlar ko‘rinishida olishda kеrakli programma vositalari, EHM tarmoqlarida ishlash, xususan, global Internet tarmog‘ida ishlash haqida tushunchalar bеriladi va ulardan foydalanishga o‘rgatiladi.
Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
o‘sib kelayotgan avlodni zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ishlash malakalari, mustaqil, mantiqiy va algoritmik fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan va olgan bilimlarini hayotda tatbiq etishga o‘rgatishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida informatika va axborot texnologiyalari ta’limining asosiy vazifalari:
inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida informatika va axborot texnologiyalarining ahamiyatini anglash;
o‘quvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularni amaliyotda qo‘llash haqida bilimlar berish;
kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari va asosiy bosqichlarini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarishga o‘rgatish;
algoritmik tuzilmalar, algoritmlash va dasturlash asoslari haqida bilim berish;
kompyuterning dasturiy ta’minoti va ularning imkoniyatlarini ajrata bilish hamda amaliyotda qo’llay olishga o‘rgatish;
o‘quvchilarni aqliy rivojlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish;
fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini o‘rgatib borish;
ta’lim-tarbiya olishning keyingi bosqichlarida davom ettirishlari, ongli ravishda kasb tanlashga zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
8-9-sinflardagi amaliy mashg‘ulotlarda “Iqtisod va soliq saboqlari”, “Tejamkorlik saboqlari” o‘quv kurslariga bog‘liq bo‘lgan masalalar yechilishi lozim.
O‘qituvchi amaliy mashq darsida nazorat ishi natijalariga ko‘ra o‘quvchilarda aniqlangan bo‘shliqlarni bartaraf etish maqsadida xatolarni tushuntiradi, o‘quvchilar esa nazorat ishida berilgan topshiriqlarga o‘xshash topshiriqlarni yechadi va hulosalar chiqaradi. Bunda o‘qituvchiga tabaqalashtirilgan ta’lim prinsipiga tayanishi tavsiya etiladi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalarning elementlari (A1(A1+); A2(A2+)) bosqichma - bosqich shakllantiriladi.
Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.
|
| |