|
Innovatsion pеdagogik tеxnologiyalar
|
bet | 3/19 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 4,73 Mb. | | #144237 |
Bog'liq Курс иши Намуна ИУТ ва ЛInnovatsion pеdagogik tеxnologiyalar aynan ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchi-o’quvchilar (tinglovchilar)ga muayyan fan (mavzu) bo’yicha bilim bеrish va shaxsini shakllantirishga qaratilgan o’qitishning zamonaviy uslublari va tеxnik vositalari majmuidir.[10]
Yangilik kiritishning ijtimoiy-psixologik aspekti Amerika innovatsiyachisi E.Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining tasnifi, ularning yangilikka bo‘lgan munosabati va boshqalarni ko‘rsatgan. Ilmiy yo‘nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari farqlanadi.
• “Yangilik” - bu vosita, yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar.
• “Innovatsiya” - bu ta’lim; ma’lum bosqichlari bo‘yicha rivojlanadigan jarayon.
Innоvatsiya-bu yangi tехnоlоgiyalarga, yangi ishlab chiqarish оmillariga tadbiq etilgan yangi bilimlardan fоydalanish (yoki ma’lum bilimlardan yangicha fоydalanish) yo‘li bilan yangi ehtiyojni qоndirishga qaratilgan harakat yoki bunday harakat natijasi (yoki eski ehtiyojni ancha samarali qоndirishning yangi yo‘lini taklif etish)[9].
Lug‘aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) yangilik kiritish degan ma’noni anglatadi. Mazmunan esa tushuncha negizida “innovatsiya” tushunchasi muayyan tizimning ichki tuzilishini o‘zgartirishga qaratilgan faoliyatni ifodalaydi.
Innovatsiyalar quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi:
- yangi g‘oyalar;
- tizim yoki faoliyat yo‘nalishini o‘zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar;
- noan’anaviy yondashuvlar;
- odatiy bo‘lmagan tashabbuslar;
- ilg‘or ish uslublari
Ta’lim innovatsiyalari – bu ma’lum ta’lim sohasi yoki o‘quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo‘llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar3.
Ta’lim tizimida qo‘llaniladigan innovatsiyalar quyidagi guruhlarga ajratiladi:
Faoliyat yo‘nalishiga ko‘ra: pedagogik jarayonda yoki ta’lim tizimini boshqarishda qo‘llaniladigan innovatsiyalar.
Kiritilgan o‘zgarishlarning tavsifiga ko‘ra: radikal, modifikatsiyalangan hamda kombinatsiyalangan innovatsiyalar.
O‘zgarishlarning ko‘lamiga ko‘ra: tarmoq (lokal), mavzu va tizim innovat-siyalari.
4. Kelib chiqish manbaiga ko‘ra: jamoa tomonidan bevosita yaratilgan yoki o‘zlashtirilgan innovatsiyalar.
|
| |