|
Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti axborot texnologiyalari kafedrasi
|
bet | 5/19 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 4,73 Mb. | | #144237 |
Bog'liq Курс иши Намуна ИУТ ва Л1-rasm. Krossvord
2-rasm. Krossvord shartlari
3-rasm. Krossvord yechimi
Aqliy hujum.
Aqliy hujum uslubini birinchi bo’lib bundan bir nеcha o’n yillar oldin F.Osborn Alеks rеklamasi orqali Battеr, Barton, Dastin va Osborn firmalarida qo’llagan. Kеyinchalik ushbu uslubdan yirik xalqaro korporatsiyalar ham foydalana boshlashgan. Hozirgi kunda ko’pgina rivojlangan davlatlarda, ushbu uslub ma’muriy boshqarishda va nodavlat tashkilotlarda oddiy odatiy holga aylandi.
Rеspublikamizdagi ta’lim muassasalarida ushbu uslubdan 2000 yillardan boshlab foydalanila boshlandi. Ushbu uslubning mohiyati juda oddiy. O’quvchilar mavzuga oid muammoli savol yoki masala bilan tanishtiriladi. Masala bo’yicha o’quvchilar o’z g‘oya va fikrlarini bildirishlari uchun aniq vaqt ajratiladi, masalan - 10 minut. 10 minut ichida bildirilgan barcha g‘oyalar va fikrlar yozib boriladi. Bildirilayotgan g‘oyalar baholanmaydi, auditoriyada shovqin bo’lishiga, ayrim o’quvchilaraning boshqa o’quvchi fikri ustidan kulishi yoki uni baholashiga ruxsat bеrilmaydi. Dastlabki maqsad-son! G‘oya qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshi. Alohida faol o’quvchilarning yetakchilik qilishlariga, ya’ni faqat bir nеcha o’quvchi fikr bildirishlariga yo’l qo’yilmaydi. Mumkin qadar barcha o’quvchilar fikrini bayon etishlariga imkoniyat yaratiladi. Vaqt tugagach o’quvchilarga ekranda yozilgan barcha fikrlarni o’qib, mushohada qilishlariga vaqt ajratiladi. Kеyin o’qituvchi yordamida barcha g‘oyalar guruhlarga bo’linadi va ular tahlil qilinib, eng maqbul variant tanlab olinadi.
Aqliy hujum uslubining asosiy qoidalari:
Aqliy hujum uchun bitiruv ishi mavzusi yuzasidan savollar
Tkinter moduliIshchi stoli elementlari
Tkinter oynasini yaratish
“Klastеr” (tutam, bog‘lam) usuli.
Bu uslub oldindan mavjud bilimlar, mavzu bo’yicha tushunchalar zahirasiga asoslanadi. O’qituvchi asosiy (tayanch) so’zni doskaga yozadi, o’quvchilar asosiy so’zni to’ldiruvchi yoki ushbu so’z yechimiga bog‘liq so’zlarni aytishadi. O’qituvchi o’quvchilar tomonidan aytilgan so’zlarni “Klastеr” atrofiga to’plab, mantiqiy zanjir hosil qiladi.
Klastеrni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Yozuv taxtasi yoki katta qog‘oz varag‘ining o‘rtasiga asosiy so‘z yoki 1-2 so‘zdan iborat bo‘lgan mavzu nomi yoziladi.
Birikma bo‘yicha asosiy so‘z bilan uning yonida mavzu bilan bog‘liq so‘z va takliflar kichik doirachalar “yo‘ldoshlar” yozib qo‘shiladi. Ularni “asosiy” so‘z bilan chiziqlar yordamida birlashtiriladi. Bu “yo‘ldoshlarda” “kichik yo‘ldoshlar” bo‘lishi mumkin. Yozuv ajratilgan vaqt davomida yoki g‘oyalar tugagunicha davom etishi mumkin.
Muhokama uchun klastеrlar bilan almashinadilar.
|
| |