|
Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti axborot texnologiyalari kafedrasi
|
bet | 16/19 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 4,73 Mb. | | #144237 |
Bog'liq Курс иши Намуна ИУТ ва ЛIlova 1
Kichik guruh topshirig’i
Ilova 2
2 kichik guruh topshirig’i
Amaliy mashg’ulotni bajarish uchun ko’rsatmalar
Pythonda dasturida o’zgaruvchilardan foydalanish.
Aksariyat dasturlash tillarida foydalanuvchi bilan o‘zaro aloqani o‘rnatish uchun boshqaruv elementlari: oyna, matnlar maydoni va tugmachalar ishlatiladi. Bular umumiy nom bilan foydalanuvchining grafik interfeysi (GUI – graphical user interface) deb ataladi.
Barcha elementlar joylashadigan oyna GUIning asosi hisoblanadi. Oyna va uning elementlari (vijetlar)ni yaratish uchun Python standart kutubxonasining Tkinter modulidan foydalaniladi.
Tkinter – Pythondagi standart grafik kutubxona. Pythonni o‘rnatganda kutubxona dasturning ichida birga taqdim etiladi. Python o‘rnatilishi bilan GUIga ega ajoyib ilovalarni yaratish uchun zarur obyekt va usullardan foydalanish imkoniyati vujudga keladi. GUI ilovalarni yaratish uchun:
• Tkinter modulini import qilish;
• Tkinter asosiy oynasini yaratish;
• ilovaga bir yoki bir necha vijetni qo‘shish;
• foydalanuvchi bajaradigan jarayonlarni tushunadigan va ularga javob qaytaradigan asosiy siklli kodga kirish lozim.
O’zgaruvchini e’lon qilish.
O’zgaruvchi “=” belgisi yordamida satr yoki sonni o’zlashtirishi mumkin va bu o’zgaruvchining qiymati deb ataladi. O’zgaruvchiga sonli qiymat berish uchun “=” belgisidan so’ng son yoziladi. Satrli qiymat berilganda esa “=” belgisidan so’ng bittalik (' '), ikkitalik (“ ”) qo’shtirnoq ichida satr yoziladi.
Dastur ilovalarida foydalaniladigan barcha vijetlar window = Tk() va window.mainloop() buyruqlari orasida kiritiladi.
Tkinter modulidagi grid() usuli katakli koordinatalar tizimidan foydalangan holda vijetlarni kerakli koordinataga joylashtirish imkonini beradi.
katta_yosh o’zgaruvchisi yoshi o’zgaruvchisining qiymatini o’zlashtirib oldi, yoshi o’zgaruvchisiga yangi qiymat berildi. Natijada yoshi yangi qiymatni, bitirgan_yoshi avvalroq o’zlashtirgan qiymatni chiqardi.[27]
|
| |