• 50 ball
  • Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi




    Download 110.26 Kb.
    bet3/4
    Sana25.02.2024
    Hajmi110.26 Kb.
    #162312
    1   2   3   4
    Bog'liq
    1.. Dasturlash Sillabus Sirtqi 2023-2024
    gayaklar uchun test, Презентация Холмуродов К., 1 клоуд, Sample doc
    Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:


    a) 5 (90-100 ball) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

    • fanning mohiyati va mazmunini to‘liq yorita olsa;

    • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yo‘l qo‘ymasa;

    • fan bo‘yicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lsa;

    • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;

    • berilgan savollarga aniq va lo‘nda javob bera olsa;

    • mustaqil topshiriqlarni to‘liq va aniq bajargan bo‘lsa;

    b) 4 (70-89 ball) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

    • fanning mohiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yo‘l qo‘ymasa;

    • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan bo‘lsa;

    • fan bo‘yicha berilgan vazifa va topshiriqlarni o‘quv dasturi doirisida bajarsa;

    • fan bo‘yicha berilgan savollarga to‘g‘ri javob bera olsa;

    • fan bo‘yicha mustaqil topshiriqlarni to‘liq bajargan bo‘lsa;

    c) 3 (60-69 ball) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

    • fan haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lsa;

    • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim xatoliklarga yo‘l qo‘yilsa;

    • fan bo‘yicha savollarga qisman javoblar olinsa;

    d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz 2 (0-59 ball) baho bilan baholanishi mumkin:

    • fan bo‘yicha mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rilmagan bo‘lsa;

    • fan bo‘yicha mashg‘ulotlarga doir hech qanday tasavvurga ega bo‘lmasa;

    • fan bo‘yicha matnlarni boshqalardan ko‘chirib olganligi sezilib tursa;

    • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa; fanni bilmasa.

    Talaba o‘quv semestri mobaynida fanni o‘zlashtirishi jami nazorat turlari yig‘indisiga ko‘ra 100 ballik tizimda, butun (yaxlit) sonlar bilan baholanadi.
    Bunda, talaba fanni o‘zlashtirgan deb baholash uchun har bir nazorat turlari bo‘yicha alohida ko‘rsatilgan minimal ballni to‘plashi lozim va u quyidagicha taqsimlanadi:

    • joriy va oraliq nazorat uchun – maksimal 50 ball, minimal 30 ball;

    • yakuniy nazorat uchun – maksimal 50 ball, minimal 30 ball;

    Fanga oid nazariy materiallar ma’ruza mashg‘ulotlarini ma’ruzalarda ishtirok etish va kredit-modul platformasi orqali ma’ruzalarni mustahkamlash hamda belgilangan nazorat savollariga javob berish orqali amalga oshiriladi.
    Amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish va o‘zlashtirish mashg‘ulotlarga to‘liq ishtirok etish orqali topshiriqlarni bajarish natijasida nazorat qilinadi.
    Mustaqil ta’lim mavzulari modul platformasi orqali berilgan mavzular bo‘yicha topshiriqlarni bajarish (test, referat va boshqa usullarda) bajariladi.
    Fan bo‘yicha talalabalar yozma hamda test usulida oraliq nazorat va test, yozma (yoki og‘zaki) usulida yakuniy nazorat topshiradilar.

    Download 110.26 Kb.
    1   2   3   4




    Download 110.26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi

    Download 110.26 Kb.