• Respublikasining
  • Islom Karimovning
  • Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari sohasida 1-chorakda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi




    Download 42 Kb.
    Sana24.03.2017
    Hajmi42 Kb.
    #1918

    Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari sohasida 1-chorakda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi

    2015 yilning 1 may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Hay’atining 2015 yilning 1-choragida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.

    Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.

    Yig‘ilishda Vazirlikning rahbar va mas’ul xodimlari, hududiy boshqarma boshliqlari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyat yurituvchi aksiyadorlik kompaniyalari, korxonalar va tashkilotlar va ularning hududiy rahbarlari ishtirok etishdi. Shuningdek sohaning hududiy tashkilotlari xodimlari yig’ilishni videokonferensiya shaklida kuzatib borishdi.

    Hay’at yig‘ilishida ta’kidlanganidek, 2015 yilning 1-choragi mobaynida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 24,7 % ga, jumladan, aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 24,7 % ga o'sgan, shuningdek, komyuter dasturlari bilan bog‘liq xizmatlar 16,8 % ga oshgan.

    Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.

    Bugungi kunda xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi yil boshiga nisbatan 17 % ga o‘sib, 19 250 Mbit/s.ni tashkil qilmoqda. Operator va provayderlar uchun internet-xizmatlari (tashqi kanal) tarifi Xalqaro kommutatsiya markazi paketlari bilan birga yil boshi bilan solishtirganda 10 foizga, aniqrog‘i 1 Mbit/s. uchun 233,27 AQSh dollarigacha tushirildi.

    Yurtimiz miqyosida zamonaviy texnologiyalar asosida kengpolosali aloqani ta’minlovchi 2000 km.dan ortiq optik tolali aloqa liniyasi qurildi. Natijada ushbu tarmoq orqali mijozlarga videotelefoniya, internet-televideniye, yuqori tezlikdagi internet, HDTV-kanallar va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish imkoni yaratildi.

    “UZ” hududidagi domenlar soni 1-chorakda 20,4 mingdan oshgan. Mazkur ko‘rsatkichlar milliy internet hududining jadal rivojlanayotganidan darak beradi. Hay’at majlisida mazkur yo‘nalishda zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan vazifalar berildi.

    Shu bilan birga, ushbu davr oralig‘ida e-hukumatning muhim elementi hisoblangan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yuqori sur’atlarda rivojlanib borayotgani ham kuzatildi. O‘tgan vaqt mobaynida fuqarolar va tadbirkorlarga umumiy holatda 171 mingdan ortiq elektron xizmatlar ko‘rsatildi. Bugungi kunda portal orqali 235 ta interaktiv xizmatlar ko‘rsatilyapti.

    2015 yilning 1-choragi mobaynida AKT yo‘nalishida tadbirkorlarga ham qator qulayliklar yaratildi. Yagona portal orqali ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik sub’ektlari soni 19550 tani tashkil etmoqda. Shuningdek, Yagona portalda tadbirkorlik faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlar loyihalarini onlayn muhokama qilish tizimi ham ishga tushirildi. Bugungi kunga qadar 80 dan ziyod me’yoriy hujjatlar loyihasi muhokamaga qo‘yilgan.

    82 dan ortiq tadbirkorlik subektlari tashqi savdo shartnomalarini Yagona portal orqali to‘ldirgan.

    Joriy yilning mart oyida O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portali ishga tushirildi.

    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.

    Ochiq ma’lumotlarning “yagona darchasi” hisoblangan mazkur portal davlat organlari faoliyatiga oid ma’lumotlarni jamoatchilikka taqdim qilinishiga xizmat qiladi.

    Davlat idoralarida himoyalangan elektron pochta tizimi E-XAT orqali yil boshidan chorak yakuniga qadar 146 mingdan ziyod elektron xatlar almashinilgan. Elektron raqamli imzo kalitlaridan foydalanayotganlar soni 1,2 milliondan oshdi (o‘sish oldingi yilning shu davriga nisbatan 2 barobarni tashkil qiladi).

    Davlat organlari veb-saytlari hamda elektron resurslari orqali ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlar soni 1088 tani tashkil qiladi. Bugungi kunda aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga elektron xizmatlar ko‘rsatishning muhim omili hisoblangan davlat axborot resurslari soni 306 ta, davlat organlari axborot tizimlari soni 378 taga yetgan.

    Mahalliy dasturiy mahsulotlar bozorini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

    Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.

    Mahalliy dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini amalga oirish doirasida dasturchilarning Milliy reyestri tuzilib, unga 69 mahalliy kompaniya kiritilgan. Software.uz katalogiga 1795 ta mahalliy dasturiy mahsulotlar kiritildi.

    Hay’at yig‘ilishida soha muassasalari rahbarlari oldiga soha ta’lim maskanlarini bitirib chiqayotgan yoshlarning bandligini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ko‘rish vazifasi yuklatildi. Shuningdek, TATU hamda uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini, o‘quv-ilmiy salohiyatini, o‘qituvchi-pedagoglar malakasini yanada oshirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Shuningdek, Hay’atda ijro-intizomi, loyihalarning hamda davlat dasturida belgilab berilgan vazifalarning amalga oshirilish holati, hukumat va rahbariyat tomonidan yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

    Mamlakatimizda aholiga keng polosali internetga ulanish imkoniyatini yaratib berish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, Internetga keng polosali ulanish imkonini beruvchi portlar sonini oshirish yuzasidan choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

    Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasidan kelib chiqib, 2015 yilda soha oldida turgan dolzarb vazifa va istiqboldagi rejalarga urg‘u qaratildi.

    Islom Karimov Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri - 2016-yil 2-sentabr, Toshkent shahri) - davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994).

    Xususan, qishloq joylarida aloqa xizmati, bank-moliya va kommunal xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligini inobatga olib, xizmatlar ko‘rsatish hajmini oshirish, Internet tarmog‘idan foydalanishning texnik imkoniyatlarini yanada oshirish, keng polosali optik tarmoqlarni kengaytirish va optik tolali aloqa tarmoqlarini qurish ishlarini davom ettirish, barcha hududlarni, shu jumladan, uzoq va chekka hududlarni raqamli televideniyega o‘tkazish ishlarini oxiriga yetkazish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.

    Shu bilan birga, Hay’atda 2015 yilning keyingi choraklari uchun quyidagi chora-tadbirlar bo‘yicha vazifalar belgilab olindi;

    - Internetga keng polosali ulanish imkonini beruvchi portlar sonini oshirish;

    - Yagona portalda tadbirkorlik subyektlariga faoliyatning ruxsat beruvchi turlari uchun hujjatlarni elektron shaklda rasmiylashtirish imkoniyatini beruvchi interaktiv xizmatni joriy qilish;



    - “Elektron hukumat” tizimi uchun zarur axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini yaratish yuzasidan yirik loyihalarni amalga oshirish.

    Hay’at yig‘ilishida muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
    Download 42 Kb.




    Download 42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari sohasida 1-chorakda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi

    Download 42 Kb.