• ПС funksiyasi
  • Axborot texnologiyalarni iqtisodiyotdagi o‘rni. Exzel dasturida iqtisodiy masalalarni ishlash




    Download 23.13 Kb.
    bet6/7
    Sana20.04.2023
    Hajmi23.13 Kb.
    #53026
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Информатика
    DARSGA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI 28.01.2020-YIL, pedagogic sbabanskiy, Referat ingiliz tili () (3), bobomurod
    MUHOKAMA VA NATIJALAR
    Joriy baholarni aniqlash
    Ko`plab masalalarda kelajakda kutilayotgan daromad va xarajatlarning joriy (xozirgi vaqtdagi) qiymatini aniqlashga to`g’ri keladi.Bu tushuncha xozirgi vaqtda olingan qarz summasining kelajakdagi qaytarilishi lozim bo`lgan summadan katta bo`lib qolishi mumkinligi bilan bog’lanadi. Pullarning vaqt bo`yicha narxi kontseptsiyasiga ko`ra, bitta vaqtga mansub bo`lmagan daromad va xarajatlarni birxil davrga keltirish (diskontirlash usuli bilan) kerak bo`ladi. Joriy narx kelajakdagidaromad va xarajatlarni boshlang’ich vaqt davriga keltirish natijasida olinadi. EXCEL muhitida quyidagi masalalarni xal qilishga mo`ljallangan bir qator funksiyalar nazarda tutilgan:
    ПС funksiyasi yordamida hisoblashda amaliyot orasidagi intervallarning bir xil bo`lishi xamda pul oqimlarining xam teng bo`lishi talab qilinadi. eng umumiy bo`lgan hisobni ЧИСТНЗ funksiyasi orqali amalga oshirish mumkin. U muntazam bo`lmagan xamda o`zgaruvchan miqdordagi pul oqimlari uchun sof joriy bahoni aniqlashga xizmat qiladi.
    ПС funksiyasi. Bu funksiya omonat summasi (qarz, ssuda) va fiksirlangan davriy to`lovlarni hisobga olgan xolda joriy bahosini aniqlash uchun mo`ljallangan. Ushbu hisob ishlari BS funksiyasi yordamida kelajakdagi bahoni aniqlash amaliga teskari hisoblanadi. Funksiya umumiy xolda quyidagicha ko`rinishda yoziladi: ПС(stavka; kdavr; ПЛТ; bs; tip)
    Stavka — davr uchun protsent stavkasi. Masalan, agar avtomobil uchun yillik 10% bilan ssuda olingan va to`lovlar xar oyda amalga oshirilsa, u xolda xar oyga protsent stavkasi bir oyga 10%/12 yoki 0,83% ni tashkil qiladi. SHuninn uchun argument sifatida formulaga yoki 10%/12 yoki 0,83% yoki 0,0083 ni kiritish lozim.
    Kdavr — annuitet bo`yicha davrlarning umumiy soni. Masalan, agar ssuda 4 yilga olingan va xar oyda to`lovlar amalga oshirilayotgan bo`lsa, u xolda Kdavr 4*12 (yoki 48) ta teng bo`ladi.
    ПЛТ — butun muddat davomida o`zgarmaydigan va xar bir davrda amalga oshiriladigan to`lov summasi. Odatda bu to`lovlar asosiy va protsentlar bo`yicha to`lovlarni o`z ichiga oladi xamda boshqa turdagi to`lovlarni xam inkor qilmasligi mumkin. Masalan, to`rt yillik sstsda yuzasidan oylik to`lovlar 10000 so`m, yillik 12% esa 263,33 so`mni tashkil qilsin. Formulaga argument sifatida -263,33 so`m kiritiladi. .
    Bs — kelajakdagi bahoning talab qilingan qiymati yoki oxirgi to`lovdan keyin qolgan qarz miqdorini anglatadi. Agar argument tushirib qoldirilgan bo`lsa, u 0 ga teng, Masalan, agar maxsus loyixani 18 yil davomida to`lash uchun 50000 so`m jamg’arish talab qilingan bo`lsa, ana shuning o`zi kelajakdagi baho hisoblanadi. Protsent stavkasi saqlanadigan bo`lsa, xar oyda qanchadan mablag’ni jamg’arib borish kerakligini aniqlash mumkin.
    Tip — 0 yoki 1 bo`lib, to`lovni qachon amalga oshirish lozimligini ko`rsatadi. Mazkur funksiya quyidaogi xollarda foydali bo`lishi mumkin: 1. Aytaylik, omonatning kelajakdagi (orttirilgan) bahosi ma`lum bo`lsin. Ushbuomonatning joriy bahosini aniqlash talab qilinadi. Bu summani shu kuni omonatga qo`yish zarur bo`ladi.
    2. Faraz qilaylik, xar bir hisob kelajakdagi davriy muntazam to`lovlar davrining oxiri yoki boshida amalga oshiriladigan bo`lsa, ularning joriy vaqtdagi bahosini aniqlash talab qilingan bo`lsin. Vaqtbay baho kontseptsiyasiga ko`ra, kelajakdagi xarajat yoki daromadlar joriy vaqtdan qancha uzoq bo`lsa, ularning joriy bahosi shunchalik past bo`ladi.
    Misol. Firmaga 12 yildan keyin 500 mln so`m zarur bo`ladi. Xozirgi vaqtda firmada ma`lum bir mablag’ mavjud va depozit omonatiga qo`yib, 12 yildan keyin summaning 5000 ming so`mga chiqishini xoxlaydi. Agar yillik foiz 12 % ni tashkil qilsa, boshlang’ich omonat summasini aniqlash talab qilinadi.

    Download 23.13 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 23.13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot texnologiyalarni iqtisodiyotdagi o‘rni. Exzel dasturida iqtisodiy masalalarni ishlash

    Download 23.13 Kb.