150
1-blok
2-blok
3-blok
7.7-rasm. Ma’lumotlarga kirish arxitekturasi.
shuvchilarda aks ettiradi va yozuvlaming joylashishini, aloqasini va tanlab
olinishini ko'rsatadi. Ichki model MBBT orqali hosil qilinadi va unga
quyidagi talablar qo'yiladi:
• ma’lumotlarning mantiqiy tuzilishini saqlash;
• tashqi xotiradan maksimal foydalanish;
• ma’lumotlar bankini yuritish xarajatlarini kamaytirish;
• ma’lumotlarni qidirish va tanlash jarayonlarining tezkorligini
oshirish hamda boshqalar.
Umumiy holda m a’lum otlar bazalarini boshqarish tizimlari
(MBBT) ikki xil guruhga ajratiladi:
Professional yoki sanoat MBBT lari. Bu guruhga quyidagi MBBT lar
kiradi: Oracle, DB2, Sybase, Informix, Ingres, Progress.
Shaxsiy (stolga joylashtiriladiganlar). Bu guruhga kiradigan MBBT lar:
FoxBaseG'FoxPRO, Clipper, R:base, Paladox, Approach va Access.
Hozirgi vaqtda Access MBBT ning ishlab chiqarishda keng tarqal-
ganligini hisobga olgan holda dastuming ma’lumotga kirish arxitekturasini
ko'rib chiqamiz. Arxitektura uchta blokdan tashkil topadi (7.7-rasm).
Foydalanuvchi interfes bloki. Bunga MS Access obyektlari kiradi:
jadvallar, formalar, hisobotlar va boshqalar.
Ma’lumotlar ombori. Bu blokda ma’lumotlar jadvallarining fayllari
saqlanadi (Access da mdb-fayllar).
MB protsessori. MS Access MBBT 2000 da ma’lumotlar disketlari MS
Jet ma’lumotlar bazasi yadrosining yangi 32 razryadli 3.5. versiyasi qo'llanilgan.
Bu versiya yuqoriroq unumli va yaxshilangan tarmoq tavsiflarga ega.
MB bitta kompyuterda joylashishi yoki bir nechta kompyuterda
taqsimlanishi mumkin. Bir foydalanuvchining ma’Iumotlari boshqalar
uchun kira oladigan bo'lishi uchun bu kompyuter hisoblash tarmoqlari
yordamida yagona hisoblash tizimiga ulanishlari kerak.
151
|