-rasm. MB loyihalash bosqichlari




Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/174
Sana15.02.2024
Hajmi4,18 Mb.
#156878
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   174
Bog'liq
axborotlashtirish

7.6-rasm. MB loyihalash bosqichlari.
M a’lumotlar bazalarini loyihalashtirish jarayoni ikki bosqichga 
bo'linadi: muammo sohasi ma’lumotlarining axborot-mantiqiy modelini 
(MAMM) ishlab chiqish va ma’lumotlar bazasining mantiqiy tuzilishini 
aniqlash.
Axborot-mantiqiy model muammo sohasi axborot obyektlarining 
majmuyi va ular orasidagi tuzilmaviy aloqalar ko'rinishida aks ettiruvchi 
m a’lumotlar modelidir. Muammo sohasi m a’lumotlarining axborot- 
mantiqiy modelini ishlab chiqish shu sohani tekshirish natijasida olingan 
tavsifiga asoslanadi (7.6-rasm).
Muammo sohasining infologik modeli asosida konseptual (mantiqiy), 
ichki (jismoniy) va tashqi modellar tuziladi.
M a’lumotlar bankining mantiqiy tuzilishi-obyektga tegishli bo'lgan 
axborotlarning Mb da joylanishini ifodalaydi. Hosil bo'lgan ma’lumotlar 
bankining mantiqiy bog'lanish modeli ikkinchi bosqichining natijasi 
hisoblanadi. Bu modelda uch turli axborot ifodalanadi: obyekt to'g'risidagi 
xabarlar, ularning xususiyati va o'zaro munosabatlari. Har bir obyekt 
modeli yozuv turlari orqali ko'rsatiladi. Ularning xususiyatlari yozuv 
maydonlari orqali ifodalanadi, munosabatlar esa yozuv va maydon turlari 
o'rtasidagi aloqalar yordamida tasvirlanadi. Bunday model EHM operatsion 
tizimining, MBBT ning mohiyatiga bog'liq bo'lmaydi, ya’ni axborotning 
m a’nosiga bog'liq bo'lmagan holda ularni ifodalash usuli va aloqasini 
ta ’minlaydi.
Mantiqiy modelni chizmali va jadvalli usullar yordamida ifodalash 
mumkin. Chizmali usulda ma’lumotlar o'rtasidagi bog'lanish graflar yor­
damida tasvirlanadi. Bunda grafning uchlari yozuvlami ifodalaydi, qirralari 
esa yozuvlar o'rtasidagi aloqalarni ko'rsatadi. Jadvalli usulda obyekt 
to'g'risidagi ma’lumotlar bir yoki bir nechta ustundan iborat bo'lgan 
jadvallar orqali ifodalanadi.
149


Hozirgi vaqtda mantiqiy modellaming pog'onali (ierarxik), tarmoqli 
va relatsion turlaridan foydalanilmoqda.
Pog'onali model chizmali usul asosida tashkil qilinadi. Bunda ma’lumot 
yozuvlari grafning uchlarini ifodalaydi va har bir yozuv oldingi pog'ona 
uchlariga bog'langan bo'ladi. Bunday tuzilishdagi MB dan tegishli 
axborotlar hamma vaqt bitta yo'nalish bo'yicha qidiriladi va uning joylashgan 
o'rni to'liq ko'rsatiladi. Pog'onali (ierarxik) modelga asoslangan MB 1- 
chi va 2-chi avlod EHM lari yordamida ishlab chiqilgan. IBM firmasi 
1968-yilda IMS (Information Menagement System) deb nomlangan 
ma’lumotlar bankini tashkil qilgan.
Tarmoqli model ham chizmali usul yordamida tashkil qilinadi. Le­
kin bunda tegishli axborotlar bir nechta yo'nalish bo'yicha olinishi mumkin. 
Tarmoqli model ierarxik modelning kengayishi hisoblanadi. Bu model­
ning asoschisi Ch. Baxman. Tarmoqli modelga asoslangan MB — Inte­
grated Database Menegement System (IDMS) Cullinet Software Inc 
kompaniyasi tomonidan 1970-yillarda ishlab chiqilgan. Ierar-xik va pog'onali 
ma’lumotlar bankining afzalligi — ularning tezkorligi.
Shaxsiy EHM laming paydo bo'lishi relatsion modellarning keng 
tarqalishiga sababchi bo'ldi. Relatsion model jadvalli usul asosida tashkil 
qilinadi. Bunda tegishli ma’lumotlar jadvalning ustun va qatorlarida joylashadi. 
Ustunlar ma’lumotning maydonlarini, qatorlar esa yozuvlami ifodalaydi. 
Bir ustunda m a’lum sohaga tegishli bo'lgan bir qancha m a’lumotlar 
ko'rsatiladi. Ustun va qator o'rtasidagi bog'lanish munosabat deb ataladi. 
Har bir ustun, qator va munosabat o'z nomiga ega bo'ladi.
Relatsion modeldagi munosabatlar quyidagi talablar orqali hosil 
qilinadi:
• ustun va qator kesishgan yerda joylashgan ma’lumotlar element 
hisoblanadi;
• munosabatlarda ikkita bir xil qator bo'lmaydi;
• ustun va qatorlarning tartibli joylashishi va nomlanishi majburiy 
emas.
Relatsion model bir nechta munosabatlardan tashkil topishi mumkin. 
Relatsion modelning asoschisi — Amerika olimi E.F. Kodd. Bu modelning 
ikkinchi nomi — Kodd modeli.
Ma’lumotlar bankini tashuvchilarda hosil qilish bosqichi fizik 
tuzilishni tashkil etadi. Fizik tuzilish tashqi xotiralarda m a’lumotlarni 
joylashtirish usullari va vositalaridan iborat bo'lib, uning natijasida ichki 
model hosil qilinadi. Ichki model ma’lumotning mantiqiy modelini ta-

Download 4,18 Mb.
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   174




Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish