operatsiyalar avtomatlashtirilgan. Maxsus bilim talab etiladigan o ‘rta va
yuqori darjadagi boshqaruv xodimilarining ishi esa avtomatlashtirilmay
qoldi.
Bu shu bilan bogMiq ediki, qaror qabul qilish ishi nisbatan mosla
shuvchan va kuchli dasturiy ta ’minot va qat’iy vaqtinchalik cheklashlarni
talab qiladi. Yangi axborot texnologiyalari, jumladan kuchli hisoblash
resurslariga ega shaxsiy kompyuterlar ma’lum ma’noda mavjud sharoitni
o'zgartiradi.
Ma’muriy boshqaruv sohasiga nafaqat qarorlar qabul qilish kiradi,
shu bilan birga yangi hujjatlarni rasmiylashtirish, boshqaruv obyektining
hozirgi holati bo'yicha hisobotlar, ma’lumotnomalar bilan bogMiq idora
faoliyati (idora deganda har qanday tashkilot, uning bo'limlari, muassasa,
institut, vazirlik va hokazo nazarda tutilmoqda) ham muhim o'rin egallaydi.
Mazkur faoliyatni avtomatlashtirish yangi axborot texnologiyalari asosida
ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash va qidiruvni amalga oshiruvchi elektron
ofis, avtomatlashtirilgan ish joylarini tashkil qilishga olib keldi.