Hozirgi kunda kompyuter viruslari g'arazli maqsadlarda ishlatiluvchi
turli xil dasturlarni olib kelib tatbiq etishda eng samarali vositalardan biri
hisoblanadi. Kompyuter viruslarini dasturli viruslar deb atash to'g'riroq
bo'ladi.
Virus deganda avtonom ravishda ishlash, boshqa dastur tarkibiga o'z-
o'zidan qo'shilish, kompyuter tarmoqlari va alohida kompyuterlarda zararli
jarayonlami vujudga keltirish maqsadida tuzilgan dastur tushuniladi. Ushbu
dasturlar o'z-o'zidan nusxa olish xususiyatiga ega.
Viruslar bilan zararlangan dasturlar virus tashuvchi yoki zararlangan
dasturlar deyiladi (8.3-rasm).
Zararlangan disk — bu ishga tushirish sektorida virus dastur joylashib
oltan diskdir.
Hozirgi paytda kompyuterlar uchun ko'pgina noqulayliklar tug'-
dirayotgan har xil turlardagi kompyuter viruslari keng tarqalgan. Shuning
uchun ham ulardan saqlanish usullarini ishlab chiqish muxim masala-
lardan biri hisoblanadi. Viruslarning katta guruhini kompyuteming ish
bajarish tartibini buzmaydigan, ya’ni „ta’sirchan bo'lmagan" viruslar
guruhi tashkil etadi.
Viruslarning boshqa guruhiga kompyuteming ish tartibini buzuvchi
viruslar kiradi. Bu viruslami quyidagi turlarga bo'lish mumkin: xavfsiz
viruslar (fayllar tarkibini buzmaydigan), xavfli viruslar (fayllar tarkibini
buzuvchi) hamda juda xavfli viruslar (kompyuter qurilmalarini buzuvchi
va operator sog'lig'iga ta’sir etuvchi). Bu kabi viruslar, odatda, professional
dasturchilar tomonidan tuziladi.