bilan bogMiq. Biz ushbu masalada hosil qilingan barmoq izidan foydalangan
holda shaxsni aniqlash algoritmini keltirib o ‘tishga harakat qilamiz.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, birinchi navbatda ixtiyoriy qurilma orqali
barmoq izi tasviri hosil qilinadi. Qolgan bosqichlarni quyidagi ketma-
ketlik orqali bayon qilishga harakat qilamiz:
1) Tasvirga boshlangMch ishlov berish — bunda hosil qilingan tasvir
Binar tasvirga o'tkaziladi, ya’ni tasvirdagi faqat barmoq izining chiziqlari
olib qolinadi va tasvirning markazi (og'irlik markazi) aniqlanadi;
2) Tasvirdagi o'ziga xos belgilami aniqlash — bunda tasvirning
markazidan turli xil radiusli bir nechta aylanalar chiziladi (aylanalar
qanchalik ko'p bo'lsa, aniqlik shunchalik ortadi). Natijada aylanalar hosil
qilingan tasvir chiziqlarining bir nechta nuqtalarida kesishadi. Ushbu
kesishish nuqtalari shartli ravishda A l, A2,
An (birinchi aylana),
BI, B2,
Bm (ikkinchi aylana), C l, C2, ..., Ck (uchinchi aylana)
harflari yordamida belgilanadi. Har bir aylanadagi kesishish nuqtalarini
birlashtirish orqali AlA2...An, BlB2...Bm, ClC 2...Ck ko'pburchaklar
hosil qilinadi. Ushbu hosil qilingan ko'pburchaklar perimetrlari (P I,
P2, P3) hisoblanadi.
3) Olingan tasvirni ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan tasvir bilan
solishtirish — bunda yuqoridagi bosqichda olingan natijalar: RI, R2, R3
radiusli aylanalardagi kesishishlar soni n, m, k; aylanalarda hosil qilingan
ko'pburchaklar perimetri PI, P2, P3 lar ma’lumotlar bazasida saqla
nayotgan ushbu kattaliklar bilan taqqoslanadi. Ushbu kattaliklar o'zaro
mos tushsagina shaxs tasdiqlanadi.
Ushbu keltirilgan shaxsni tanish algoritmi ustida respublikamizdagi
bir nechta olimlar guruhi ish olib bormoqdalar va ushbu sohada ijobiy
natijalarga erishilmoqda.