9.1-rasm.
Avtomatlashtirilgan ish joyining umumiy ko’rinishi.
AIJ ni tashkil qilishda quyidagi talablar asosiy hisoblanadi:
• kerakli axborotni o ‘zida jamlangan m a’lumotlar bazasining
mavjudligi;
• axborotni tez
qidirib topish imkoniyati;
• axborotni qulay usulda taqdim etish; muloqot o'tkazish dasturlarining
mavjudligi;
• boshqa axborot manbaalari bilan operativ aloqani o'rnatish;
• texnik va dasturiy vositalar bilan ishlashning qulay usullarini joriy
qilish va boshqalar.
Yuqoridagi talablarni AIJ da amalga oshirish uchun amaliy faoliyatni
ta’minlash, qaror qabul qilish, murakkab yumushlar va aloqani o'rnatish
kabi tizimlardan tashkil topishi lozim. Bu tizimlarning axborot asosini
quyidagi vositalar tashkil qiladi: axborotni qidirish, ya’ni elektron kalendar,
elektron daftar,
shaxsiy arxiv, topshiriqlar kartotekasi va boshqalar;
boshqaruv va iqtisodiy jarayonlami modellashtirish paketi;
matnli
ma’lumotlarni ishlash paketi va boshqalar.
Kompyuter bazasidagi
AIJ ni ishlab chiqish o'zining
xususiyatlariga
ega va ularning asosiylariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Muloqotli tizimni amalga oshirish.
2. Axborotni grafik tasvirlash vositalaridan keng foydalanish.
3. Foydalanuvchilar — kasb egalari tomonidan AIJ ning operatsion
tizimlpri va dasturiy vositalarini o'zlashtirish soddaligi.
4. Axborotni tashqi manbaalarda tashkil qilish va saqlashning soddaligi
va qulayligi.
Shundan kelib chiqqan holda
AIJ ni yaratish
jarayoni quyidagi
vazifalar
bilan aks ettiriladi:
1. Tizim foydalanuvchilarining muloqotini amalga oshirish.
2. Hisobotlami parametrik sozlash uchun m a’lumotlarni kiritish.
3. Hisoblashlar uchun ma’lumotlami kiritish.
4. Ko'rsatkichlarni hisoblash.
5. Hisobotlami shakllantirish egasi bo'lmagan dasturchilar.
178