ma’lumotlarga qulay va tez tuzatish kiritishga imkon beruvchi axborotni
turkumlashni ko‘zda tutish kerak.
AIJ ning texnik ta ’minoti texnik vositalarning yuqori ishonchliligi,
foydalanuvchilar uchun qulay ish rejimlarini tashkil qilishni, berilgan
vaqtda ma’lumotlarning kerakli hajmini ishlab chiqish imkoniyatini
kafolatlashi kerak. AIJ yakka tartibdagi foydalanish vositasi bo'lgani uchun
u yuqori ergonomik xususiyatlami va xizmat ko'rsatishning qulayligini
ta’minlashi kerak.
Awalam bor dasturiy ta’minot foydalanuvchining kasbiy darajasiga
mo'ljallanadi, ularning vazifaviy ehtiyojlari, malakasi va ixtisoslashuvi
bilan birlashadi, foydalanuvchi dasturiy muhit tomonidan har qanday
rejimda faol yoki passiv ishlashga bo'lgan istagini doimiy qo'llab
quwatlanishini xis qilishi kerak. Texnika bilan ishlashdan foydalanuvchining
manfatdarligi shubhasiz. Shuning uchun ulaming o'zaro muloqomlarini
rivojlantiruvchi dasturiy vositalarni takomillashtirish hisobiga insonni
ishlashi uchun qulayliklami ko'proq ta’minlash zaruriyati sezeladi.
AIJ da ma’lumotlarni ishlab chiqish texnologiyasining o'ziga xos
xususiyatlari quyidagicha:
1. Foydalanuvchini ma’lumotlami manipulyatsiyalash rejimida ishlashi.
Foydalanuvchi „bilim" va „xotirasida tutish" emas, balki „ko'rish" va
„harakat qilishi" kerak.
2. Ma’lumotlaming taqsimlangan bazalari asosidagi axborot al-
mashishining barcha bosqichlarida axborotning to'liq, aniq uzatilishini
qo'llab quwatlash.
3. Hujjatlarni ishlab chiqishning qog'ozsiz jarayonini tashkil qilish.
4. Vazifalami yechishda foydalanuvchi uchun keng imkoniyatlarga
ega interaktiv (muloqot) rejimi.
5. Kompyuter kommunikatsiyalarining o'zaro bog'langan vositalari
bilan hujjatlar majmuasini jamoaviy rasmiylashtirish imkoniyati.
Bunday texnologiyadan foydalanish hujjatlar aylanishiga harajatlami
bir necha marta qisqartiradi, hujjatlarni tayyorlashning tezligi va sifatini
oshiradi, hujjat aylanishining tashkiliy tuzilishini tartibga soladi va natijada
boshqaruvning samaradorligini oshirishga hizmat qiladi.