AIJ ni loyihalashtirishning bosqichlari va qadamlari quyidagilardan
iborat:
1-bosqich — loyihadan oldingi tadqiqot.
1 - q a d a m
— loyihalashtirish uchun materiallarni yig'ish bo'yicha
talablarni shakllantirish, loyihalashtirish obyektini o'rganish, tizimni
rivojlantirish variantlarini ishlab chiqish va tanlash.
2 - q a d a m
— materiallarni tahlil qilish va hujjatlarni shakllantirish,
boshlang'ich yig'ilgan tadqiqot materiallari asosida tizimni loyihalashtirishga
texnik-iqtisodiy asoslar va texnik vazifalami yaratish hamda tasdiqlash.
2-bosqich — loyihalashtirish.
1 - q a d a m
— texnik loyihalashtirish, bu yerda ishlab chiqishning barcha
nuqtayi nazaridan eng ratsional loyiha qarorlarini tanlash ishi olib boriladi,
tizimning barcha tarkibiy qismlari yaratiladi va yozma bayon qilinadi,
ishning natijalari esa texnik loyihada aks ettiriladi.
2 - q a d a m
— ishchi loyihalashtirish, bu jarayonda dasturlarni ishlab
chiqish, ma’lumotlar bazalarining tuzilishiga tuzatishlar kiritish, texnik
vositalami yetkazib berish va ulardan foydalanish bo'yicha yo'riqnomalami
yaratish, texnik vositalardan foydalanish asosida o'z kasbiy vazifalarini
amalga oshirayotgan ijrochi-mutaxassislarga lavozim yo'riqnomalari
ko'rinishidagi rasmiylashtirilgan keng yo'riqnoma materiallar tizimini
tayyorlash amalga oshiriladi.
3-bosqich — tizimni ishga tushirish.
1 - q a d a m
—
tadbiq etishga tayyorlash — texnik vositalami o'rantish
va foydalanishga topshirish, ma’lumotlar bazalarini yuklash va dasturlarda
tajriba o'tkazish, xodimlami o'qitish.
2 - q a d a m
— tizimning barcha tarkibiy qismlarini sanoat foydalanishiga
topshirishdan oldin tajriba sinovlaridan o'tkazish.
3 - q a d a m