dekompozitsiyalash o'tkaziladi va ularning o'zaro aloqalari aniqlanadi.
Har bir ajratilgan tarkibiy qism uchun tegishli loyiha qarorlari va hujjatlar
ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilayotgan tuzilma obyektning faoliyat
yuritishining maqsadlari ierarxiyasiga muvofiq quriladi va bir necha izchil
darajadagi vazifalarning daraxt qurilishidagi tuzilishda aks ettiriladi. Shunday
qilib, AIJ tuzilmasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda boshqaruvning
amaldagi tizimini muvofiqlashtirish ham amalga oshiriladi.
„Yuqoridan-pastga" tamoyilining qo'llanilishi bir qator muhim
afzalliklarga ega:
1
. Loyiha hujjatlari dasturiy ta’manotni ishlab chiqish bilan bir vaqtda
yaratiladi.
2. Xatoni o'zgartirish butun tizimni o'zgartirishiga olib kelmaydi,
balki uning bitta yo'nalashiga ta’sir qiladi.
3. Agar yuqori darajadagi AIJ ning interfeysi mavjud bo'lsa,
belgilangan darajalarga yangi shoxchalarni qo'shish yo'li bilan tizimni
rivojlantirish imkoniyati mavjud.