„Mijoz-server“ tamoyiliga muvofiq ma’lumotlarni ishlab chiqish
operatsiyalari uchta guruhga bo'linadi. Birinchi guruh — bu, ma’lumotlami
kiritish va aks ettirishdir. Ikkinchi guruh — mazkur muammo soha
masalalarini yechish uchun xos bo'lgan ma’lumotlarni ishlab chiqishning
amaliy operatsiyalarini birlashtiradi. Uchinchi guruhga ma’lumotlarni
saqlash va boshqarish operatsiyalari kiradi.
Ushbu tasnifga ko'ra dasturlaming uch turini farqlash mumkin:
• birinchi guruh operatsiyalami amalga oshirishni taqdim etish dasturi;
• ikkinchi guruh operatsiyalami qo'llab-quwatlovchi amaliy dasturiy
vositalar;
• uchinchi guruh operatsiyalami amalga oshiruvchi axborot resurslariga
kirish tadbirlarining to'plami.
Shunga muvofiq „mijoz-server" arxitekturasini amalga oshirishning
uch modeli farqlanadi:
1. Uzoqlashtirilgan ma’lumotlarga kirish modeli (Remote Data Ac
cess — RDA).
2. Ma’lumotlar bazasini serverli modeli (Data Base Server — DBS).
3. Qo'llanish serverli modeli (Application Server - AS).
RDA modelida taqdim etish dasturlari va amaliy dasturlar mijozning
kompyuterlarida tashkil qilinadi va bajariladi, u ham ma’lumotlami kiritish
va aks ettirish operatsiyalarini, ham amaliy dasturlarni qo'llab-quwatlaydi.
Ma’lumot resurslariga kirish SQL operator tillari bilan ta ’minlanadi.
Ma’lumot resurslariga kirish uchun mo'ljallangan so'rovlar tarmoq bo'yicha
uzoqlashtirilgan kompyuterga yo'naltiriladi, u so'rovni ishlab chiqadi va
mijozga kirish uchun zarur bo'lgan m a’lumotlar blokini qaytaradi (10.4-
rasm).
DBS — modeli saqlanayotgan protseduralar mexanizmiga asoslangan.
Saqlanayotgan protseduralar (tadbirlar) — bu, m a’lumotlar bazasi
serverining dasturlashtirish vositasi. Ular ma’lumotlar bazasi lug'atida
saqlanadi.
I--------------------------------------------------- 1
I------------------------------1