Internet axborot texnologiyalarining istiqbollari




Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/174
Sana15.02.2024
Hajmi4,18 Mb.
#156878
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   174
Bog'liq
axborotlashtirish

10.6. Internet axborot texnologiyalarining istiqbollari
Internet foydalanuvchiga cheksiz axborot resurslarini taqdim etadi. 
Ushbu resurslarga kirish uchun mos keluvchi amaliy dasturiy ta’minotdan 
foydalanish kerak.
Keyingi vaqtda Internet yoki boshqa IP — tarmoqlarida rivojlanib 
kelayotgan axborot texnologiyalarining yangi yo'nalishlarining biri — bu
199


kompyuter telefoniyasi (IP-telefoniyasi). Xorijiy olimlar hamda „Com­
puter Telephony" jurnalining ta’riflashiga muvofiq kompyuter telefo­
niyasi — bu kompyuter intellektual resurslarining (apparat va dasturiy 
ta ’minotlari) telefon aloqasini hamda faks uzatish jarayonlarini real vaqt 
rejimida ta’minlash texnologiyasidir.
IP — telefoniyaning telefon serverlari standart telefon signalini raqam 
bilan ifodalash (raqamlashtirish), hajmini anchagina siqish, paketlarga 
ajratish amallarini bajarib, TC PG 'IP protokollaridan foydalangan holda 
paketlami Internet bo'ylab jo'natadi.
Foydalanuvchi uchun kompyuter telefoniyasidan foydalanish an’­
anaviy telefon tarmoqlariga nisbatan ancha arzon va qulay keladi.
Internetning zamonaviy texnologiyalaridan yana bir yo‘nalishi — 
bu elektron komertsiya.
Elektron komersiyani ikkita aspektda ko'rib chiqish mumkin:
• elektron komersiya Intemetdagi savdo sifatida;
• elektron komersiya bozor sifatida.
Elektron bozoming asosiy komponentlari quyidagilar:
• o'yinchilar (kompaniya, ta’minlovchilar, brokerlar, do'konlar va 
xaridorlar);
• mahsulotlar (tovar va xizmatlar);
• jarayonlar (yetkazib berish, ishlab chiqarish, marketing, raqobat, 
iste’mol qilish, tarqatish).
Elektron bozorining o'ziga xos xususiyati shundaki, yuqorida sanab 
o'tilgan komponentlarning aksariyat qismi virtualdir (elektronli).
Elektron to'lovlarda raqamli pullar qo'llaniladi. Ular ikki reallik 
ko'rinishda bo'ladi:
• „Ushlab ko'rish" mumkin bo'lgan smart-cards („aqlli" kartalar), 
Mondex, Visa Cash va boshqalar.
• Virtual, ya’ni „ushlab" mumkin bo'lmagan Intemetda mahsulotlar va 
xizmatlar uchun pul o'lkazibh elektron lo'lovlari tizimlari.
Raqamli naqd pullar — bu kompyuter diskasida yoki smart - cards 
xotirasida joylashgan fayllar. Elektron to'lovlarda harid qilingan mahsulotga 
pul to'lash — bu, sotuvchiga yuqorida aytilgan fayllami o'tkazish tu ­
shuniladi.
Hozirgi kunda raqamli naqd pullar Internetning eng ilg'or texno­
logiyalaridan hisoblanadi. Bu texnologivada ikkita yo'nalishda ish olib 
borilyapti:
200


1. Apparat — dasturiy kompleksi shaklida amalga oshirilgan „Elektron 
hamyonning'' tarmoqli versiyasi. Mondex kompaniyasi rahbari Timoti 
Djons tomonidan tavsiya qilingan.
2. Sof dasturiy shaklda ishlab chiqilgan tarmoqli elektron pul- yecash 
texnologiyasi. DigiCash rahbari Devid Chom tomonidan taklif qilingan.
Misol tariqasida DigiCash kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan 
raqamli naqd pul texnologiyasini kengroq ko'rib chiqamiz.
DigiCash kompaniyasining lisenziyasiga muvofiq bu tizimda bir nechta 
banklar xizmat qiladi: Marc Twain Bank (SShA), Merita Bank (Fin- 
lyandiya) va boshqalar. Ushbu banklar kiberbakslar (cyberbacks) bilan 
kompleks xizmatlar ko'rsatadi, shu jumladan raqamli naqd pullar dol­
lar va fin markasiga konvertatsiya qilinadi.
DigiCash tizimida raqamli naqd pul bilan amallar bajarish quyidagicha 
olib boriladi.
Mahsulot sotib oluvchi (mijoz) Internet virtual do'konida o'zi yoq- 
tirgan m ahsulotni tanlagach DigiCash dasturiy ta ’m inotini virtual 
magazindan to'g'ridan-to'g'ri o'z kompyuteriga yozib oladi (agar oldindan 
yozib olinmagan bo'lsa).
Dasturiy ta ’minot yordamida ixtiyoriy DigiCash-banki bilan aloqa 
o'rnatilib, hisob-kitob schyoti ochiladi.
Mumkin bo'lgan usuldan foydalangan holda mijoz ochilgan hisob- 
kitob schyotiga pul o'tkazadi (chek, kredit kartochkasi, banklararo pul 
o'tkazish va hokazo).
Mijoz DigiCash dasturiy ta’minotidan foydalangan holda o'z banki 
bilan aloqa o'm atadi hamda kerakli pulni hisob-kitob schetidan olib, 
o'zining „elektron hamyoniga" qo'yadi.
Mijoz Internet vertual do'konlarida shoping (tovarlami tomosha va 
harid qilish) qilishga tayyor. Sotib oluvchi hamyonidan sotuvchi hamyoniga 
raqamli naqd pul birpasda o'tadi. Shuning bilan harid uchun pul to'lash 
jarayoni tugaydi.
Sotuvchi bank yordamida kelib tushgan pulni tekshiradi va mijozga 
tovami jo'natadi yoki tegishli xizmat ko'rsatadi.
1, 
2 va 3- bosqichdagi amallar bir marta bajariladi, 4, 5 va 6- 
bosqichdagi amallar esa har bir mahsulot harid qilinganda amalga oshiriladi.
4- 
bosqichda mijoz tomonidan bankdan raqamli elektron pulni olish 
jarayonini to'liqroq qarab chiqamiz.
Mijoz DigiCash dasturiy ta’minoti hamda maxsus kalit yordamida 
tasodifiy uzun sonlar ishlab chiqadi. Maxsus kalit RSA (Rivest, Shamir,
201


Adleman) usulida ishlab chiqilgan bo'lib, u ikkita qismdan iborat, 
chunonchi: ochiq (public) va yopiq yoki shaxsiy (private).
Generatsiya qilingan tasodifiy uzun sonlar „raqamli konvertda“ mijoz 
imzosi bilan bankga jo ‘natiladi. „Raqamli konvert" — bu ko'rmasdan 
imzo chekish (Blind signature) usuliga asoslangan, axborotlarni iden- 
tifikatsiyalash va autentifikatsiyalash jarayonini ta ’minlovchi texnolo- 
giyasidir.
Bank tomonidan tasdiqlangan „raqamli konvert“ mijozga qaytariladi. 
Mijoz „konvertdagi" tasdiqlangan sonlami (fayllami kompyuter diskasiga 
yozadi, ya’ni o'zining elektron hamyoniga joylashtiradi.
Shunday qilib, biz DigiCash texnologiyasida amalga oshirilgan elektron 
to'lovlar tizimini qarab chiqdik. Bu tizimdan tashqari dunyoda 30 dan 
ortiq elektron to'lovlar tizimlari mavjud: Open Market, CyberCash, 
CheckFree, Ferst Virtual, NetCash, NetChex, NetBill, Mondex, VISA 
Cash va boshqalar.
Shuni ta’kidlash lozimki, 2000-yilda Intemetda umumiy mahsulot va 
xizmat ko'rsatish hajmi 800 mlrd dollarga o'sgan, ya’ni bu jahondagi 
sotish hajmining 10% ini tashkil etadi.

Download 4,18 Mb.
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   174




Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Internet axborot texnologiyalarining istiqbollari

Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish