Tashqi audit bo'yicha shartnoma quyidagi buyurtmachilar bilan




Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/174
Sana15.02.2024
Hajmi4,18 Mb.
#156878
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   174
Bog'liq
axborotlashtirish

Tashqi audit bo'yicha shartnoma quyidagi buyurtmachilar bilan 
tuzilishi mumkin:
• korxona egalari bilan:
• korxona rahbarlari bilan;
• davlat soliq xizm atchilari va m udofaa iqtisodiy obyektlari bilan;
• tijorat banklari bilan.
K om pyuter tizim larida am alga oshirish uchun tashqi auditning 
quyidagi asosiy vazifalarini ajratish mum kin:
• tahrirlanayotgan muddat mobaynida rahbariyatning va mohir 
mutaxassisligini baholash;
• korxonada qo‘llanilayotgan hisobot tizimi va hisob-kitoblarning 
to ‘g‘riligini baholash;
• hisob-kitob hujjatlarida moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini tasdiqlashda 
hisobot xodimlarining faoliyatini to ‘gri baholash;
• korxona moliyaviy-xo‘jalik holatini yaxshilash va voqealarning keyingi 
bashoratlanishi bo'yicha maslahatlaming zarurligi.
Ichki audit, tashqi auditdan farqli ravishda, korxonaning muta­
xassislik yoki boshqaruv bo‘limi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. 
U korxonaning moliyaviy holatini, sarf-xarajat manbaalarini, boshqaruv 
tizimi nazoratini, rezervlami aniqlash va rahbariyatni korxona iqtisodiy 
samaradorligini oshirish bo'yicha tavsiyalar bilan ta’minlashning ichki 
xo'jalik nazoratiga mo'ljallangan.
Ichki auditning vazifasini aniqlash korxona faoliyatining mazmuni, 
mijozlar, xodimlar, investorlarga bo'lgan majburiyatlarga bog'liq.
Ichki auditning vazifalarini boshqarish usullari — bu rejalashtirish, 
hisob-kitob, nazorat va tahlildir, chunki ular yordamida harajatlar va 
ularni qoplash summasi hisoblanadi.
Auditning umumqabul qilingan pog'onalari quyidagilar:
• rejalashtirish;
• hisob tizimlari va ichki nazorat tizimlarini baholash;
• moliyaviy hisobotlami tekshirish;
• auditorlik guvohnoma (xulosa)sini olish.
Bu pog'onalaming har biriga mos keluvchi standartlar ishlab chiqilgan 
bo'lib, ular uch guruhga bo'linadi:
1. Umumiy standartlar.
2. Auditorlik tekshiruvlarini o'tkazish bo'yicha standartlar.
3. Hisobotlar tuzish bo'yicha standartlar.
210



Download 4,18 Mb.
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   174




Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tashqi audit bo'yicha shartnoma quyidagi buyurtmachilar bilan

Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish