1 1 .2 . Bank faoliyatida avtom atlashtirilgan axborot tizim lari
va texnologiyalari
Milliy iqtisodiyotning yanada rivojlanishi banklaming va bank
tizimining rolini kuchaytirishni taqazo etmoqda. Bank — bu mamlakatdagi
pul mablag'larini boshqarish uchun yaratilgan moliya institutidir.
211
0 ‘zbekiston Respublikasi bank tizimining bosh maqsadi jahon
talabiga mos,keluvchi, rivojlangan milliy kredit tizimiga ega bo'lish,
xo'jaliklar va dholining bo'sh turgan mablag'larini jalb qilish, uni samarali
taqsimlash asosida aholining talablarini qondirish uchun zamin yaratish
va yashash sharoitini yaxshilashga erishishdan iborat. Bu maqsadga
erishishni ta’minlash uchun davlatimiz tomonidan mamlakatimiz bank
sektorining rivojlanish ini ta’minlovchi zaruriy makroiqtisodiy sharoitlarni
hamda bank tizimi barqarorligini ta’minlash, shuningdek, bank nazorati
tizimini va banklar faoliyatini boshqarish usullarini takomillashtirish,
banklaming depozit, kredit va investitsiya faoliyatini yanada rivojlantirishga
erishish va banklar o'rtasida raqobat bo'lishini ta’minlashga asos yara-
tishdan, nobank tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish, moliya-kredit
sektorining huquqiy bazasini yaxshilash, ularning moddiy-texnik jihatdan
samarali ta’minlanganligiga erishish kabi choralami amalga oshirish ko'zda
tutiladi.
Banklaming kapitallashuv darajasini yanada oshirish — ularning
moliyaviy barqarorligi va iqtisodiy islohotlardagi ahamiyatini oshirish-
ning moliyaviy omili sifatida banklar kapitallashuv darajasining, bank
likvidligining oshirilishi, pirovardida ularning moliyaviy barqarorligini
ta’minlash uchun mustahkam zamin yaratadi. Shu bilan birgalikda keng
ko'lamli islohotlarni amalga oshirishda banklaming investitsiya kreditlari
orqali ishtirokini ta ’minlashni faollashtirishda ulaming barqaror resurs
bazasini shakllantirib beradi.
O'zsanoatqurilishbank, Mikrokreditbank, Xalq banki, Agro bank,
Asaka banki va Qishloq qurilish banki ustav kapitallariga davlat mablag'lari
yo'naltirildi. Natijada 2009-yilning o'zida tijorat banklarining nizom ka
pitali 43 foizga oshdi va bu o'z navbatida bank kapitallarini xalqaro tartibga
solishining Bazel-2 standartlari bo'yicha begilangan me’yordan bank-
larimizning kapitallarining yetarlilik darajasi 3 martadan ko'proqni tashkil
qildi. So'nggi ikki yilda tijorat banklarining umumiy kapitali 2 barobar
ko'paydi va bugungi kunda 3 trln. so'mdan oshib ketdi.
Investitsiyalashning uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlash,
shuningdek, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarini bartaraf etish
maqsadida tijorat banklarining kapitallashuv darajasini yanada oshirish
maqsad qilib qo'yilgan edi. Bu borada, 2009-yil davomida tijorat banklari
tomonidan jami 489,2 mlrd. so'mlik 13 ta qo'shimcha aktsiyalar emissiyasi
amalga oshirildi. Bu ko'rsatkich 2008-yilga nisbatan 212,8 mlrd. so'myoki
deyarli 77 foizga oshgan. Garchi aktsiyalar emissiyasi soni 21 tadan 13
212
taga kamaygan bo‘lsada, umumiy emissiyalar hajmining oshishi hisobiga
0
‘rtacha emissiya hajmi 13,2 mlrd. so'mdan 37,6 mlrd. so'mga o‘sdi.
O'zbekiston Respublikasi tijorat banklari uchun 2009-yil o'ziga xos
islohotlar va o'zgarishlarga boy bo'ldi. Bunda respublika tijorat banklarining
barqarorligini ta’minlash va moliyaviy inqirozga qarshi kurashish borasida
mamlakatimiz Prezidenti tomonidan qabul qilingan qaror va 2009—
2012-yillarga mo'ljallangan Inqirozga qarshi choralar Davlat dasturi muhim
ahamiyat kasb etdi.
E’tiborlisi shundaki, tijorat banklari aktsiyalari biijada doimiy kotirovka
qilinmoqda va uning natijalari tegishli nashrlarda muntazam e’lon qilib
borilmoqda.
2009-yildagi bank sohasidagi islohotlardan yana biri shuki, endilikda
barcha mulkchilik shaklidagi tijorat banklari korporativ obligatsiyalar
chiqarish huquqiga ega bo'lishdi. Bu o'z navbatida respublika obligatsiyalar
bozorining rivojlanishiga ijobiy tasir ko'rsatadi, shuningdek, tijorat bank
larining „Toshkent" Respublika Fond birjasidagi ishtirokini ham
jadallashtiradi. 2009-yilda „Toshkent" Respublika Fond biijasidagi sav-
dolaming deyarli 44 foizini respublika tijorat banklarining aktsiyalari tashkil
qildi va 39,4 mlrd. so'mga teng bo'ldi. Ushbu summaning 37,1 mlrd. so'mi
nodavlat banklar va ustav kapitalida davlatning ulushi „nazorat paketi"ga
teng bo'lmagan banklar hisobiga to'g'ri keladi.
Korporativ obligatsiyalar — korporativ tashkiliy tuzilmalar (yuridik
shaxslar) tomonidan o'zining faoliyatini moliyalashtirish uchun muoma
laga chiqarilgan qarz instrumentlari.
2008—2009-yillarda qo'shimcha emissiya qilingan aktsiyalarning
tarkibida imtiyozli aktsiyalar sonining hissasi oldingi yillardagi 1,1—2,2
foizdan 0,6—0,7 foizgacha pasaydi. Ushbu holat qo'shimcha emissiyalarda
davlat ishtirokining oshganligi, ya’ni davlat tomonidan banklardagi
nazoratni olishga bo'lgan qiziqishning yuqoriligi bilan izohlanadi.
Markaziy bank tomonidan ichki valuta bozorini yanada rivojlantirish
va erkinlashtirish, uning doimiy barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash
yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilib borildi.
Valuta bozori — xorijiy valutalar yoki xorijiy valutadagi to'lov hujjatlari
bo'yicha operatsiyalami amalga oshirish bilan bog'liq iqtisodiy munosa
batlaming alohida sohasi.
O'tgan yillar ichida mamlakatda iqtisodiyotning strategik ahamiyatga
ega bo'lgan tarmoqlarini shakllantirishga qapatilgan samarali iqtisodiy
islohotlar amalga oshirildi. barqaror iqtisodiy o'sishga, valuta mablag'-
213
larining doimiy tushumi manbalari va yetarli darajada valuta zaxiralarini
shakllantirish orqali milliy valutaning xarid quwatini chetdan olinadigan
qarz mablag'larisiz saqlab turishga zamin yaratildi.
Joriy yilda Markaziy bank pul-kredit siyosatining bilvosita dastaklaridan
foydalanishni yanada kengaytirish bilan bir qatorda, o'zgaruvchan foiz
stavkalarini tezkor boshqarishni davom ettirildi. 2010-yil 1-yanvar holatiga
O'zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan jami 293 ta milliy
valutadagi va 118 ta xorijiy valutadagi omonat turlari aholi, korxona va
tashkilotlaiga taqdim etilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida hozirgi vaqtda amalga oshi-
rilayotgan tarkibiy o'zgarishlar eng awalo bank tizimi bilan bevosita bog'liq
bo'lib kelmoqda. Shuning uchun ham bank kreditlaridan samarali
foydalanish, ulaming eng qulay shakllaridan, jumladan, iste’mol va ipoteka
kreditidan foydalanish ham muhim masalalardan biri bo'lib qolmoqda.
Hozirgi kunda Respublikamiz aholisi uchun iste’mol va ipoteka
kreditining turli xil variantlari joriy etilgan bo'lib, Respublika tijorat
banklari tomonidan aholining ushbu kreditlarga bo'lgan ehtiyojlarini
qondirishga alohida e ’tibor qaratilgan. Chunki, iste’mol kreditlarining
berilishi aholi uchun Respublikada ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlarini
sotib olish uchun keng imkoniyatlar yaratib bersa, ipoteka kreditlari
yosh oilalar va boshqa toifadagi aholining uy-joy bilan ta ’minlanishi
darajasini oshiradi.
2010-yil 1-yanvar holatiga O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasiga a’zo
19 ta tijorat banki tomonidan 40 dan ortiq turdagi iste’mol krediti joriy
qilingan bo'lib, ular 6 oydan 3 yilgacha bo'lgan muddatga beriladi. 2009-
yilning oktabr-noyabr oylari davomida 11 ta yangi turdagi iste’mol kreditlari
muomalaga chiqarildi. Bundan tashqari ba’zi banklar tomonidan amaldagi
iste’mol kreditlarining shartlari va talablariga biroz o'zgarishlar kiritildi.
Hozirda 20 ta tijorat banklari tomonidan 37 ta turdagi ipoteka krediti
joriy qilingan bo'lib, ular 3 yildan 15 yilgacha bo'lgan muddatga beriladi.
Ipoteka krediti uy-joy sotib olish, qurish va oldindan sotib olingan uy-
joylami ta’mirlash uchun ajratiladi.1
|