Bankda
hisob va
nazorat operatsion, buxgalteriya hisoblaridan iborat,
ular bir-birlari bilan yaqindan aloqada, chunki tahliliy daraja bank hisobida
shaxsiy schotlar ostida turadi. Har bir ish kuni
balansini shakllantirish
bilan tugashi sababli shaxsiy schotlarning holatini o ‘zgartiruvchi bux
galteriya aks ettiriladi. Statistik hisob ayrish ko'rsatkichlarning uzoq davr
ichida o'zgarishi haqida ma’lumotlami yig'ishga imkon beradi.
Tahlil bank boshqaruvining ham tashqarisida, ham ichkarisida vujudga
keladigan iqtisodiy vaziyatni bilib olishga imkoniyat beradigan vazifadan
iborat bo'ladi. Yirik banklarda ikkita mustaqil bo'limlar mavjudki, ulardan
biri bankning ichki holati tahlilini ta’minlaydi, ikkinchisi tashqi muhitni
tahlil qiladi.
Rejalashtirish
tahlilning ma’lumotlariga
asoslanib, vujudga kelgan
vaziyatdan chiqish va qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun ehtimol bo'lgan
yechimlami tayyorlaydi.